2022-yil 16-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Samarqand viloyatining Oqdaryo va Pastdarg‘om tumanlarida bo‘lib, fermer va dehqonlar, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilash uchrashdi. Bundan tashqari u kam taʼminlangan oilalarga ajratilgan yerlarni ko‘zdan kechirib, ushbu maydonlarda mehnat qilayotgan aholi bilan muloqot qildi. Bundan avval Jizzax va Samarqand viloyatlarining ba’zi tumanlari o‘rganilgan edi.
OQDARYO TUMANIDA ishchi guruh “Pichoqchi dray fruts” MCHJ qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu korxona 2017-yili tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda yong‘oq, olxo‘ri, o‘rik kabi mevalar quritiladi va eksportga yo‘naltiradi. Korxona tasarrufida ishchi guruh tomonidan ko‘zdan kechirilgan 30 gektarlik olxo‘ri bog‘lari bor. Shuningdek, paxta va g‘allachilikka ixtisoslashtirilgan “Pichoqchi barakasi” fermer xo‘jaligi ham korxonaga tegishli.
Aziz Voitov fermer xo‘jaligi vakillari bilan muloqot davomida paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlardan bog‘zor tashkil etish uchun yer ajratib berish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi.
OQDARYO TUMANIDAGI keyingi manzil 6 800 nafar aholi istiqomat qiladigan Pichoqchi mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Ushbu hududda 57 nafar kam ta’minlangan fuqaroga E-auksion tizimi orqali 9 gektar 100 sotix yer ajratib berilgan. Bugungi kunda bu yerlarda ikkinchi ekin sifatida loviya, kartoshka va makkajo‘xori yetishtirilmoqda.
Bundan tashqari vazirlik vakillari tumanning “Paxtaobod” mahallasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan “Usmon Afroil” MCHJ korxonasining loviyani eksportga tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. Korxonaning bir oylik eksport hajmi 220 tonnani tashkil etadi. Bugungi kunda loviya mahsuloti asosan Gruziya davlatiga eksport qilinmoqda. Ushbu korxonaning qo‘shimcha yer olish haqidagi so‘roviga Oqdaryo tumanidagi kichik sanoat zonasidan yer maydonini ajratish taklifi berildi.
PASTDARG‘OM TUMANIGA tashrif Mustaqillik mahallasidan boshlanib, bu yerda Aziz Voitov E-auksion tizimi orqali yer ajratib berilgan fuqarolar bilan uchrashdi. Hududda 2022-yilda 122 nafar fuqaro auksion orqali ijaraga yer yutib olgan bo‘lsa, shundan 44 nafari “Yoshlar daftari”, 16 nafari “Ayollar daftari”, 12 nafari “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolardir. E’tiborlisi, ushbu dalalarga “Bir dala — bir mahsulot” tamoyili asosida birinchi ekinga kartoshka va takroriy ekin sifatida qizil loviya ekilgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish hisobiga har bir fuqaro iste’molidan tashqari mahalliy bozorlarda 4-8 mln so‘mdan daromad olishga muvaffaq bo‘lgan. Yil oxirigacha yana 50 nafar va keyingi yilda yana 100 nafar fuqaro dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yer olish istagini bildirib, takliflar kiritgan.
Fuqarolar bilan muloqot chog‘ida shu ish ortidan daromad ko‘rayotgan fuqarolar boshqa tumanlar dehqonlari bilan amaliy tajriba almashish borasida takliflarni ilgari surishdi. Bundan tashqari, uchrashuv davomida ekin maydonlarida kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash ishlarida ko‘maklashish, banklar tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish jarayonini soddalashtirish masalalari ham muhokama etildi.
So‘ngra ishchi guruh tumanning Elbek mahallasida joylashgan “Pastdarg‘om arnasoy gardens” fermer xo‘jaligi tomon yo‘l oldi. Korxona meva-sabzavot yetishtirish, “shok” usulida muzlatish, saqlash va eksport qilish, shuningdek, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan. 170 gektarni egallagan fermer xo‘jaligining yer maydonida 50 gektar intensiv bog‘ mavjud, 50 gektarida esa brokkoli karami, yana 50 gektarida gulkaram yetishtirilmoqda. Fermer xo‘jaligi yiliga 448,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Bugungi kungacha esa 2 409 000 AQSH dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Ushbu joylarda yer maydonlari unumdorligi pastligi sababli yil davomida bir marta ekin ekilmoqda. Vazir tuproq unumdorligini oshirish maqsadida ilmiy-tadqiot institutlari olimlari, agronomlarni jalb qilish zarurligini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish uchun muqobil energiyadan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, gulkaram va brokkoli ekish uchun intensiv ko‘chatlarni yetkazib berish bo‘yicha bir qator takliflar berildi.
6 сентября 2022 года министр сельского хозяйства Азиз Воитов посетил Окдарьинский и Пастдаргомский районы Самаркандской области, встретился с фермерами и представителями производственных предприятий. Кроме того, он осмотрел земли, выделенные малообеспеченным семьям, и пообщался с дехканами, работающими на этих полях.
В ОКДАРЬИНСКОМ РАЙОНЕ рабочая группа ознакомилась с деятельностью перерабатывающего предприятия ООО «Pichoqchi dray fruts». Это предприятие было создано в 2017 году. Там высушивают и отправляют на экспорт такие фрукты, как грецкие орехи, сливы, абрикосы. Предприятие владеет сливовыми садами площадью 30 га, которые были осмотрены рабочей группой. Также предприятию принадлежит фермерское хозяйство «Pichoqchi dray fruts», которое выращивает хлопок и зерно.
Во время беседы с представителями фермерского хозяйства Азиз Воитов обсудил с ними предложения по выделению земли под сады на освобожденных землях от хлопка и зерна.
Следующим пунктом в ОКДАРЬИНСКОМ РАЙОНЕ стал сход граждан махалли Пичокчи, где проживает 6800 человек. Здесь по системе E-auksion выделено 9 га 100 соток земли 57 малоимущим гражданам данной местности.
Кроме того, представители ознакомились с процессом подготовки фасоли на экспорт предприятием ООО «Усман Афроил», осуществляющего свою деятельность в махалле «Пахтаабад» этого же района. Ежемесячные объемы экспорта предприятия составляет 220 тонн. Сегодня фасоль в основном экспортируется в Грузию. В ответ на просьбу этой компании о приобретении дополнительных земель поступило предложение о выделении земельного участка из малой промзоны в Окдарьинском районе.
В ходе посещения ПАСТДАРГОМСКОГО РАЙОНА Азиз Воитов также встретился с гражданами, которым через систему E-auksion были выделены земельные участки. На этой территории в 2022 году земельные участки в аренду через аукцион выиграли 122 граждан, из них 44 внесены в «Молодежную», 16 – в «Женскую», 12 – в «Железную тетради». Примечательно, что эти поля по принципу «Одно поле – одна продукция» были засажены картофелем для первого урожая и красной фасолью для второго урожая. В результате своевременно и качественно проведенных агротехнических мероприятий дехканам удалось получить прибыль в размере от 4 млн до 8 млн сумов помимо собственных нужд. К концу года еще 50 граждан и еще 100 в следующем году изъявили желание получить землю для ведения дехканского хозяйства.
В ходе диалога с населением высказали предложения по обмену своим результативным практическим опытом с фермерами из других районов. Кроме того, в ходе встречи были обсуждены вопросы оказания помощи земледельцам в борьбе с болезнями и вредителями на возделываемых полях, упрощения процедур и процессов при выделении льготных кредитных средств банками.
Затем рабочая группа выехала в фермерское хозяйство «Пастдаргом Арнасой Гарденс», расположенное в махалле Эльбек этого же района. Предприятие специализируется на выращивании, заморозке «шоковым» методом, хранении и экспорте плодоовощной продукции, также животноводстве. Фермерское хозяйство площадью 170 га состоит из 50 га интенсивных садов, 50 га земель засажженых брокколи и еще 50 га цветной капустой. Хозяйство рассчитано на производство продукции в 448,0 млрд сумов в год. На сегодняшний день экспортировано продукции на сумму 2 409 тысяч долларов.
Из-за малой продуктивности земельных участков в этих местах культуры высевают один раз в год. Министр подчеркнул необходимость привлечения ученых и агрономов научно-исследовательских институтов с целью повышения плодородия почвы. Также прозвучал ряд предложений по внедрению использования альтернативной энергии для удовлетворения спроса на электроэнергию, поставке интенсивных саженцев для посадки цветной капусты и брокколи.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: