O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vazir ijroiya apparati rahbari Isroil Xolmirzayev boshchiligidagi delegatsiya hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbarlari, ekspertlarining Irlandiyaga tashrifini yoritishda davom etamiz. Eslatib oʻtamiz, tashrif Irlandiya AKIS tizimi faoliyati bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan.
Delegatsiya aʼzolari Dublin shahridagi Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va dengiz mahsulotlari departamentida boʻldi.
Departament bosh kotibi Brendan Glison Irlandiya qishloq xoʻjaligi haqida umumiy maʼlumotlarni taqdim etdi.
Iqtisodiyot va rejalashtirish dapertamenti boshlig‘i Jon Klark so‘nggi 20 yil ichida Irlandiyada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyalarining ishlab chiqilishi va ushbu strategiyalarning vazirlik tomonidan amalga oshirilishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
So‘ngra delegatsiya a’zolari Irlandiya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat eksportida muhim rol o‘ynaydigan “Bord Bia” tashkilotining bosh ofisiga tashrif buyurishdi.
Bundan tashqari, Irlandiyada qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarni taqdim etuvchi “Agriland” kompaniyasining media direktori Kormak Farrelli va axborot muxbiri Richard Helleron bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ular ”Agriland” OAVning yo‘nalishi, auditoriyasi va yoritiladigan muammolar haqida ma’lumot berishdi. Ushbu OAV TEAGASC mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlaydi.
6-oktyabr kuni “Agriland” OAVda “Irlandiya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi delegatsiyasini qabul qilmoqda” maqolasi chop etildi.
Ma’lumot uchun
Irlandiya aholisi 5,1 mln kishi, umumiy maydoni 6,9 mln gektar, shundan 4,23 mln qishloq xoʻjaligida foydalaniladi (62%), xususan 80 foizi yaylovlar, 20 foizi esa haydaladigan shudgorlar va bogʻlardir.
Fermer xoʻjaliklari soni 139,8 ming, 7,3 mln bosh qoramol, 5,5 mln bosh qoʻy, 1,6 mln bosh choʻchqa, 16,5 mln bosh parranda boqiladi.
Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va dengiz sanoatida 174 ming kishi band.
Yalpi mahsulot 334 mlrd yevroni tashkil etadi, shundan qishloq xo‘jaligining ulushi 26 mlrd yevro (9,5 foiz), qariyb 90 foizi chorvachilik, 85 foizi 170 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 15 milliard yevroni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining asosiy turlari bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi boʻlib, ular 350 ming gektar maydonga ekilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: