O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” davlat unitar korxonasi sinov laboratoriyasida 2019-yilda qo‘lga kiritilgan Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi doirasida audit tekshiruvi bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan ushbu amaliyotda Turkiya davlatidan tashrif buyurgan ekspert auditorlar qatnashishdi.
Tekshiruv mobaynida tuproq sinov laboratoriyasida amalga oshirilgan tahlil jarayonlari xalqaro standartlarga mos kelishi o‘rganildi va u inspeksion nazoratdan muvafaqqiyatli o‘tdi. Natijada korxona yangi turdagi ISO metodlarini qo‘lga kiritib, o‘simlik va oziq-ovqat tahlillarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Sinov laboratoriyada amalga oshiriladigan tuproq tahlillari dunyoning 160 ta davlatida tan olinadi. U respublikada yagona xalqaro sifatini boshqarish tizimi ISO/TC-9001 ga ega bo‘lgan 5 ta metod asosida tuproq kimyoviy tahlil amaliyoti joriy etilgan laboratoriya hisoblanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: