2022-yilning 11-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda raqobatbardosh kardlar tayyorlashda janubiy Koreya tajribasi” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Umidaxon Saidova, Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Djumanov, Meva – sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Akmal Mirzayev, vazirlikning tizim tashkilotlaridan vakillar hamda Janubiy Koreyadan loyiha rahbari Chungnam Milliy Universiteti professori: Han Seok Ho, loyiha menejeri Pyen Hye Jin va Chungnam Milliy Universiteti laboratoriya jihozlarini o‘rnatish bo‘yicha xalqaro mutaxassis qishloq-xo‘jaligi fanlari professori Lee Gyo Seoklar ishtirok etishdi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent davlat agrar universiteti hamda Janubiy Koreyaning Chungnam Milliy Universiteti o‘rtasida “O‘zbekistonda qishloq-xo‘jaligi muhitini yaxshilash hamda professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha” loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha 2021-yilning 1- aprelidan toki 2028-yilning 31-martiga qadar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, mamlakatimizda qishloq-xo‘jaligi muhitini yaxshilash, sohada professional kadrlarni tayyorlash, shu bilan bog‘liq o‘quv ta‘limini joriy etish hamda agrar sohada sertifikatlash tizimini yaratish va samarali boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Maʼlumot uchun aytish mumkin, loyihani amalga oshirish mobaynida Toshkent davlat agrar universitetida sertifikatlash tizimi joriy etilib, o‘quv dasturlari ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida malakali professional mutaxasislar tayyorlash, universitetda hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan laboratoriya xonalari jihozlarini zamon talabiga mos ravishda qayta ta‘mirlab, jihozlash hamda rivojlangan davlatlar o‘quv adabiyotlari bilan boyitish kabi muhim vazifalarni bajarish belgilangan.
11 ноября 2022 года в Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялось встреча на тему: «Опыт Южной Кореи в подготовке конкурентоспособных кадров в области устойчивого развития сельского хозяйства».
Во встрече приняли участие начальник управления кадров Министерства сельского хозяйства РУ Умидахон Саидова, начальник управления развития органического производства и надлежащих сельскохозяйственных практик Анвар Джуманов, заместитель начальника управления развития плодоовощеводства, виноградарства, бахчеводства и картофелеводства Акмаль Мирзаев, представители системных организаций министерства и руководитель проекта из Южной Кореи, профессор Национального университета Chungnam Хан Сеок Хо, менеджер проекта Пён Хе Джин и международный эксперт по установке лабораторного оборудования Национального университета Chungnam, профессор сельскохозяйственных наук Ли Гё Сеок.
В настоящее время в сотрудничестве с Министерством сельского хозяйства РУ реализуется проект «Улучшение сельскохозяйственной среды в Узбекистане и подготовка профессиональных кадров» между Ташкентским государственным аграрным университетом и Национальным университетом Chungnam Южной Кореи. Проект реализовывается с 1 апреля 2021 года по 31 марта 2028 года. В соответствии с ним будут налажены процессы улучшения сельскохозяйственной среды, подготовки профессиональных кадров в сфере, внедрения соответствующей программы обучения, создания системы сертификации в аграрном секторе, создания эффективной системы управления.
Для справки.
В ходе реализации проекта в Ташкентском государственном аграрном университете была внедрена система сертификации, разработана образовательная программа подготовки квалифицированных специалистов в области сельского хозяйства, обновлено оборудование лаборатории. В настоящее время в университете планируется оснащение и обогащение учебной литературой развитых стран.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: