“Anzur natural food” xususiy korxonasida brokkoli karamlari qayta ishlanmoqda va barra holatda eksportga yo‘naltirilmoqda. Buning uchun ushbu sabzavot xomashyo sifatida respublikaning barcha viloyatlaridan buyurtma asosida qabul qilinmoqda.
Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 35 tonnani tashkil etadi, shundan 20 tonna fresh holda, 15 tonnasi esa muzlatilgan holda Yevropa va Osiyo davlatlariga yetkazib berilmoqda. 2022-yil uchun Rossiya davlati bilan 2 mln AQSH dollarlik shartnomalar tuzilgan.
Korxona hozirgi kunda brokkoli karamidan pyure ishlab chiqarish bo‘yicha ham ishlarni boshlagan hamda ushbu tayyorlangan mahsulotlar ham Rossiya davlatiga shartnoma asosida eksport qilinmoqda.
2023-yilda korxona ishlab chiqarish quvvatini ikki barabar oshirishni reja qilgan.
Bugungi kunda bu yerda 280 nafar, shundan 210 nafari mavsumiy, 70 nafari doimiy ishchilar faoliyat yuritadi. Kelgusida ularni 500 nafarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: