Viloyatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 408 749 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 262 143 gektar.
Hammasi bo‘lib Xorazm viloyatida 12 ta paxtachilik (maydoni – 82 757 gektar, hosildorligi – 33,2 gektar, ishlab chiqarish quvvati – 275 102 tonna) va 3 ta meva-sabzavotchilik (maydoni – 1 580 gektar) agroklasterlari faoliyat yuritadi. 1 ta agrologistika markazi mavjud.
Viloyatda 3 917 ta fermer xo‘jaliklari bor. Ulardan 1 516 tasi paxtachilik-g‘allachilik, 728 tasi bog‘dorchilik, 49 tasiuzumchilik, 80 tasi sabzavotchilik-polizchilik, 19 tasisabzavotchilik-g‘allachilik, 44 tasi tutchilik, 81 tasi parrandachilik, 540 tasibaliqchilik, 22 tasiarichilik, 243 tasi boshqa yo‘nalishlarga oid.
Viloyatda 212 gektar yer 148 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga taqsimlangan.
Ayni vaqtda 8 084 gektar yer bog‘lar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 3 221 gektarida intensiv bog‘lar barpo etilgan.
Asosiy yer maydonlari – 202 776 gektar. Ulardan: yoshlarga vaqtinchalik ajratilgan yerlar – 15 000 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 82 757 gektar; g‘alla (bug‘doy) – 33 200 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 2 680 gektar; sholi – 6 090 gektar; dukkaklilar – 4 552 gektar (mosh); moyli ekinlar – 1 830 gektar (soya – 1 000, kungaboqar – 333 gektar, kunjut – 497 ga); sabzavotlar – 6 538 gektar, ulardan: pomidor – 121 gektar, bodring – 48 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 1 656 gektar, bodring – 701 gektar, sabzi – 1 911 gektar, piyoz – 955 gektar, karam – 318 gektar, ko‘katlar – 223 gektar (ulardan: ukrop – 95 gektar, petrushka – 64 gektar, ko‘kpiyoz – 64 gektar, rediska – 96 gektar), bulg‘or qalampiri – 191 gektar, qalampir – 64 gektar, baqlajon – 127 gektar, lavlagi – 127 gektar (bahorda asosiy ekin maydonlarida); poliz ekinlari – 9 493 gektar (tarvuz – 2 010 gektar, qovun – 6 783 gektar, qovoq – 700 ga); kartoshka – 2 237 gektar; ozuqabop ekinlar – 46 915 gektar; boshqa ekinlar– 861 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 5 623 gektar (mevali daraxtlar– 2 500 gektar (danaklilar – 926 gektar, mevalilar – 1 575 gektar)); uzumzorlar – 1 545 gektar, tutzorlar – 1 578 gektar.
Takroriy ekin uchun yer maydoni – 34 000 gektar. Ulardan: sabzavotlar –
1 112 gektar; sabzi – 574; pomidor – 92 gektar, sholg‘om – 93 gektar; turp – 151 gektar; karam – 152 gektar; baqlajon – 531 gektar; lavlagi – 50 gektar; poliz ekinlari (tarvuz) – 347 gektar; moyli ekinlar – 1 223 gektar ( ulardan: kunjut – 632 gektar, kungaboqar – 591 gektar); dukkaklilar – 2 814 gektar (mosh); sholi – 23 910 gektar; ozuqabop ekinlar – 4 594 gektar.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 9 447 gektar (mevali bog‘lar – 8 042 gektar, uzumzorlar –
1 405 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 738 gektar; sarimsoq – 217 gektar. Bahorda: pomidor – 1 286 gektar; bodring – 1 078 gektar, sabzi – 1 037 gektar, piyoz – 108 gektar, karam – 158 gektar; ko‘katlar – 83 gektar; bulg‘or qalampiri – 124 gektar; qalampir – 62 gektar, baqlajon – 124 gektar; lavlagi – 83 gektar; poliz ekinlari – 720 gektar.
2020-yilda 99 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: