Farg’ona viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Vakant
Qabul kunlari: Har haftaning seshanba kuni soat 15:00 dan -18:00 gacha
Manzil: Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 64-uy
Telefon: (73) 244-60-60
E-mail: fergana@agro.uz
Farg’ona viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Vakant
Qabul kunlari: Har haftaning seshanba kuni soat 15:00 dan -18:00 gacha
Manzil: Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 64-uy
Telefon: (73) 244-60-60
E-mail: fergana@agro.uz
Viloyatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 246 785 gektarni tashkil etadi. Ulardan 82 080 ga paxta, 99 500 ga g‘alla, 736 ga ozuqabop makkajo‘xori, 4 259 ga sholi, 13 313 ga sabzavotlar, 4 935 ga poliz ekinlari, 5 438 ga kartoshka, 5 327 ga dukkaklilar, 3 512 moyli ekinlar, 17 777 ga ozuqabop ekinlar, 5 466 ga yangi bog‘lar, 2 058 ga uzumzorlar, 776 ga tutzorlar bilan band.
Farg‘ona viloyatida 2020-yilda jami 35 ta agroklaster faoliyat ko‘rsatdi. Ularga 99,538 gektar yer biriktirilgan. 3 ta kooperatsiya va 8 ta agrologistika markazlari mavjud.
Viloyatda 3 712 ta fermer xo‘jaligi faoliyat yuritadi.
Viloyatda 155 gektar maydon 155 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga taqsimlangan.
Ayni paytda 3 921 gektar maydon intensiv bog‘lar uchun ajratilgan.
Asosiy yer maydonlari – 251 153 gektar. Ulardan: yoshlarga vaqtinchalik ajratiladigan yerlar – 18 000 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 82 080 gektar; soya (paxta qator oralarida) – 25 000 gektar; g‘alla (bug‘doy) – 99 500 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 3 236 gektar; sholi – 4 471 gektar; dukkaklilar – 5 327 gektar; (mosh – 2 461 gektar, loviya – 1 635 gektar, fasol – 990 gektar, yeryong‘oq – 241 gektar); moyli ekinlar – 6 045 gektar (kungaboqar – 5 875 gektar, kunjut – 105 gektar, raps – 65 gektar); sabzavotlar – 16 825 gektar, ulardan piyoz – 1 390 gektar, sarimoq – 1 039 gektar (avgust-sentyabrdagi ekinlar); piyoz – 1 490 gektar, sabzi – 1 150 gektar, qizil lavlagi – 170 gektar, ko‘katlar – 2 321 gektar (ulardan selder – 278 gektar, aysberg – 92 gektar, ukrop – 341 gektar, petrushka – 546 gektar, kashnich – 786 gektar, ko‘kpiyoz – 278 gektar, karam – 230 gektar (ulardan gulkaram – 52 gektar, karam – 178 gektar), rediska – 130 gektar (to‘qsonbosti usuli bilan); pomidor – 203 gektar, bodring – 115 gektar, ko‘kat – 14 gektar, bulg‘or qalampiri – 18 gektar, qalampir – 31 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 1 000 gektar, bodring – 502 gektar, sabzi – 1 691 gektar, piyoz – 3 388 gektar, sarimsoq – 414 gektar, karam – 455 gektar ( ulardan gulkaram – 46 gektar, karam – 409 gektar), ko‘katlar – 268 gektar (ulardan ukrop – 82 gektar, kashnich – 85 gektar, ko‘kpiyoz – 101 gektar), bulg‘or qalampiri – 223 gektar, qalampir – 221 gektar, baqlajon – 247 gektar, lavlagi – 115 gektar (bahorda asosiy ekin maydonlarida); poliz ekinlari – 3 958 gektar (tarvuz – 2 002 gektar, qovun – 1 583 gektar, qovoq – 373 gektar); kartoshka – 7 781 gektar; ozuqabop ekinlar – 10 141 gektar; boshqa ekinlar – 264 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 11 525 gektar (mevali daraxtlar – 7 312 gektar (danaklilar – 4 655 gektar, mevalilar – 2 658 gektar)); uzumzorlar – 2 957 gektar, tutzorlar – 1 256 gektar.
Takroriy ekin uchun yer maydoni – 100 208 gektar. Ulardan: sabzavotlar – 34 696 gektar; sabzi – 11 181 gektar; pomidor – 4 176 gektar, bodring – 4 400 gektar, sholg‘om – 3 821 gektar; turp – 3 763 gektar; karam – 5 006 gektar; baqlajon – 531 gektar; ko‘katlar – 1 818 gektar (ulardan petrushka – 544 gektar; kashnich – 383 gektar, ko‘kpiyoz – 147 gektar, rediska – 744 ga); kartoshka – 2 150 gektar; poliz ekinlari (tarvuz) – 5 570 gektar; moyli ekinlar (kungaboqar) – 7 200 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 4 213 gektar; dukkaklilar – 17 614 gektar (mosh – 10 403 gektar, loviya – 7 004 gektar, fasol – 103 gektar, yeryong‘oq – 104 gektar); sholi – 7 983 gektar; ozuqabop ekinlar – 15 797 gektar.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 46 263 gektar (mevali bog‘lar – 43 342 gektar, uzumzorlar –
2 921 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 2 328 gektar; sarimsoqpiyoz – 1 902 gektar. To‘qsonbosti usulida: piyoz – 3 478 gektar, sabzi – 583 gektar, lavlagi – 1 091 gektar, ko‘katlar – 285 gektar, karam – 417 gektar. Bahorda: pomidor – 633 gektar; bodring – 753 gektar, sabzi – 757 gektar, piyoz – 757 gektar, karam – 206 gektar; ko‘kpiyoz – 125 gektar; bulg‘or qalampiri – 192 gektar; qalampir – 227 gektar, baqlajon – 172 gektar; lavlagi – 136 gektar; dukkaklilar – 720 ga.
2020-yilda 236 843 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan.
– Farg‘ona viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
– viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish
va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: