Andijon viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Yuldashev A’zamjon Maxammadjonovich
Qabul kunlari: Har haftaning seshanba kuni soat 9:00 dan – 14:00 gacha
Manzil: Andijon shahri, Tinchlik ko‘chasi, 8-uy
Telefon: +99874-223-15-72
E-mail: andijon@agro.uz
Andijon viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Yuldashev A’zamjon Maxammadjonovich
Qabul kunlari: Har haftaning seshanba kuni soat 9:00 dan – 14:00 gacha
Manzil: Andijon shahri, Tinchlik ko‘chasi, 8-uy
Telefon: +99874-223-15-72
E-mail: andijon@agro.uz
Viloyat bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 228 285 ga. Umumiy ekin maydoni 198 345 gektarni tashkil etadi.
Hammasi bo‘lib, Andijon viloyatida 2020-yilda 39 ta agroklaster faoliyat yuritgan. Shulardan 12 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish quvvati – 268 232 t.) 2 tasi g‘allachilik (ishlab chiqarish quvvati – 20 091 t.) 9 tasi sholichilik (ishlab chiqarish quvvati – 22 268) hamda 16 tasi meva va sabzavotchilik (ishlab chiqarish quvvati – 236 442 t.) klasterlari. Ularga 99 704 gektar yer ajratib berilgan, shundan 17 763 gektari klasterga berilgan, klaster tarkibiga kiruvchi 4 279 ta fermer xo‘jaligi esa 82 067 gektar maydonda joylashgan.
Viloyatda 7447 ta fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ulardan 2 330 tasi paxta-g‘allachilik, 307 tasi g‘alla, 2 139 tasi bog‘dorchilik, 39 tasi bog‘dorchilik-uzumchilik, 115 tasi uzumchilik, 877 tasi bog‘dorchilik va poliz ekinlari, 303 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 595 tasi chorvachilik, 18 tasi ipakchilik, 76 tasi parrandachilik, 427 tasi baliq xo‘jaligi, 36 tasi asalarichilik, 131 tasi boshqa yo‘nlishlarga oid.
Viloyatda 179,9 gektar maydon 141 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga ajratib berilgan, ulardan 6 ta gidroponika uslubida 41 gektar maydonda, 1 tasi oynali uslubda 5 gektar maydonda, 134 tasi plyonka uslubida 134 gektar maydonda.
Hozirgi paytda 571 ta fermer xo‘jaligiga 3 635 gektar yer intensiv bog‘lar uchun ajratilgan.
2021-yilda 7 gektar yer maydon issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha 6 ta loyihaga va 1802 gektar maydon intensiv bog‘lar bo‘yicha 398 ta loyihaga berilishi rejalashtirilgan.
Asosiy yerlarning maydoni 202 062 ga. Shulardan: yoshlarga vaqtincha beriladigan yerlar – 6 000 gektar; texnik ekinlar (paxta) – 78 991 gektar; soya (paxta ariq oralariga) – 25 ming gektar; g‘alla (bug‘doy) – 76 ming gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 2 447 gektar; sholi – 2 409 gektar; dukkaklilar – 1 493 ga (no‘xat – 415 gektar, loviya – 1 078 ga); moyli ekinlar – 9 401 gektar (kungaboqar – 9 401 ga); sabzavotlar – 11 589 ga, shundan piyoz 656 gektar, sarimsoq – 1 545 gektar (avgust-sentyabrdagi ekish); piyoz – 1 143 gektar, sabzi – 127 gektar, lavlagi – 258 gektar, ko‘katlar – 489 gektar, ukrop – 61 gektar, koriandr (kashnich) – 428 gektar (to‘qsonbosti usulida); pomidor – 66 gektar, bodring – 36 gektar, ko‘katlar – 18 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 1 915 gektar, bodring – 436 gektar, sabzi – 280 gektar, karam – 749 gektar, ko‘katlar – 513 gektar, ukrop – 155 gektar, petrushka – 62 gektar, koriandr – 296 gektar, bulg‘or qalampiri – 1 930 gektar, qalampir – 402 gektar, baqlajon – 592 gektar, lavlagi – 404 gektar, shirin makkajo‘xori – 30 gektar (bahorda asosiy ekin yerlarida); poliz ekinlari – 1 437 ga (tarvuz – 1 156 ga, qovun – 210 gektar, qovoq – 71 gektar); kartoshka – 3 284 ga; ozuqabop ekinlar – 11 468 gektar; boshqa ekinlar – 1 439 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 2 104 gektar (mevali daraxtlar – 1 802 gektar (danaklilar –1 002 gektar, mevali- 800 gektar); uzumzorlar – 302 gektar.
Takroriy ekin uchun yer maydoni – 75 372 gektar. Shundan: sabzavotlar – 14 328 gektar; sabzi – 5 065 gektar; pomidor – 2 114 gektar, bodring – 1 146 gektar, sholg‘om – 964 gektar; turp – 865 gektar; karam – 1 198 gektar; baqlajon – 557 gektar. Ko‘katlar (koriandr) – 1 442 gektar; bulg‘or qalampiri – 693 gektar; lavlagi – 289 gektar; kartoshka – 2 335 gektar; poliz ekinlari (tarvuz) – 3 032 gektar; moyli ekinlar (kungaboqar) – 7 200 gektar; ozuqabop makkajo‘xori – 7 113 gektar; dukkaklilar – 11 797 gektar (mosh –7 013 gektar, loviya – 3 719 gektar, yeryong‘oq – 1 065 gektar); guruch – 5 553 gektar; ozuqabop ekinlar – 22 047 gektar.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 21 147 gektar (mevali bog‘lar – 18 698 gektar, uzumzorlar – 2 449 gektar).
Ekinlar. Avgust-Sentyabr: piyoz – 355 gektar; sarimsoq – 880 gektar. To‘qsonbosti usuli bilan: piyoz – 1 243 gektar, ko‘katlar – 250 gektar. Bahorda: pomidor – 1 002 gektar, karam – 844 gektar; ko‘katlar – 1 147 gektar, bulg‘or qalampiri – 413 gektar, baqlajon – 209 gektar; lavlagi – 460 gektar; poliz ekinlari – 1 015 gektar, dukkaklilar – 3 045 gektar.
Jami 2021-yilda 118,209 AQSH dollari qiymatidagi 168 575 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilishi rejalashtirilgan.
2021-yil davomida 93 045 tonna sabzavot, 2 443 tonna poliz ekinlari, 16 569 tonna dukkakli, 44 878 tonna meva mahsulotlarini eksport qilinishi rejalashtirilgan.
– Andijon viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
– keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: