Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimiz viloyatlarida barcha toifadagi 1 235 ta fermer va qishloq xo‘jalik korxonalarida jami 828 gektar xandon pistazorlari mavjud. 2021-yilda 81 tonna mahsulot yetishtirilgan. 2022-yilda 386 tonna mahsulot olishga erishilgan. 2023-yil ushbu maydonlardan 4 721 tonna mahsulot olish rejalashtirilmoqda.
Xandon pista ko‘chatini yetishtirish qanday amalga oshiriladi? Ruknimiz aynan shu mavzuga bag‘ishlanadi.
Xandon pista bog‘ini tashkil etishning ikki xil usuli mavjud. Birinchi usul – urug‘idan barpo etish. Bunda tanlangan urug‘lar kuzda haydalgan yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekiladi. Har bir chuqurchaga 4–5 donadan urug‘ tashlanadi. Unib chiqqan nihollar kelgusi yilgacha yaxshilab parvarishlanadi. Agar yoz oylarida nihollarni 2–3 marta tomchilatib (baklashka usuli) sug‘orilsa, o‘sishi yanada tezlashadi.
Ikkinchi usul niholidan barpo etishdir. Bunda esa urug‘lar qish oylarida (issiqxona yoki uy sharoitida) maxsus selofan qopchalarda o‘stirib olinadi. O‘stirib olingan nihollar mart-aprel oylarida doimiy joyga o‘tqaziladi. Nihollarni ekish vaqtida selofan qopcha o‘tkir pichoqcha yoki boshqa asbob bilan kesiladi va ildiz atrofi tuprog‘i buzilmasdan ekiladi.
Agar ildiz atrofi tuprog‘i buzilsa ekilgan nihollar ko‘karmaydi. Bu nihollar ham yozda 2–3 marta tomchilatib sug‘orilsa yaxshi samara beradi.
O‘simlikni madaniylashtirishning afzalligi. Xandon pistaning yosh plantatsiyasini madaniylashtirish, yaʼni yaxshi navlar va shakllarni payvandlash ularning hosilga kirishini tezlashtiradi.
Madaniylashtirilganda 8–10 ta urg‘ochi o‘simlikka 1–2 ta erkak o‘simlik qoldiriladi. Ular shamol esadigan tomonda yoki maydonning chekkalarida joylashtiriladi. Payvandlashda payvandtagning po‘stlog‘i “T” shaklida kesiladi va unga yaxshi nav yoki shaklning kurtagi qo‘yiladi. Payvandlash yozda, odatda iyun oyning oxiri va iyulning boshlarida bajariladi. Bunda ulanadigan kurtak yaxshi yetilgan va payvandtagning terisi yengil ajraladigan bo‘ladi. Payvand uchun ajratilgan qalamchalar namli sharoitda saqlanishi shart. Saqlash uy haroratida 3 kundan oshmasligi kerak.
Qalamchalarni 1–5 o darajada 10 kungacha saqlash mumkin. Payvandlash (ulash) ertalab
va kechqurun ikki kishi ishtirokida bajariladi.
Bir kishi ulash ishini bajaradi, ikkinchisi ulangan kurtaklarni bog‘laydi, kurtakli po‘stloqni ustki qismi bilan ulanadigan kurtakning tepa qismidagi oraliq 1 mm bo‘lishi kerak. Ulangan kurtak plyonka bilan bog‘lanadi. Bunda barcha kesilgan qism plyonka bilan yopiladi, kurtak esa ochiq holda qoldiriladi. Polietilenli plyonkaning uzunligi 30–35, eni 1–1,5 sm bo‘lishi kerak. Kurtak ulanuvchi bilan 15–20 kundan so‘ng birlashib ketadi. Shu vaqtga kelib lentalar yechiladi. Tutib ketgan kurtaklar sanoqdan o‘tkaziladi.
Plyonkalar kechki vaqt yechilgani maʼqul. Kurtak o‘sa boshlashi bilan payvandtag kesiladi, bunda ulangan kurtakdan 15–20 sm balandlikda ulanuvchi qismi tanasi qoldiriladi, 1–2 barglar ham qoldiriladi, keyinchalik (kurtak 30 sm bo‘lib o‘sgandan so‘ng) ular kesib tashlanadi. Payvand ishlarini bajarish uchun qalamchalar bitta ona daraxtdan ikki yilda bir marta olinadi, bunda bir yillik novdalarning 1/3 qismi kesib olinadi.
Xandon pista bog‘larini parvarishlash. Xandon pista bog‘lari bahorda (mart oylarida) 6×8 metr sxemada barpo etiladi. Agar pista bog‘lari tekis, texnika yura oladigan maydonlarda tashkil etilgan bo‘lsa, qator oralari mart oyi oxirlari va aprelning boshlarida 10–15 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Ikkinchi parvarish bahorgi yomg‘irlar tingandan so‘ng olib boriladi, yaʼni qator oralari 7–10 sm chuqurlikda yumshatiladi. Uchinchi ishlov birinchi kuzgi yomg‘ir tushgandan so‘ng 20–25 sm chuqurlikda olib boriladi.
Mexanizatsiya ishlovi bilan birga har bir daraxt tubi qo‘lda yumshatib chiqiladi. Bog‘larda yumshatish ishlarini olib borish bilan birga mineral va organik o‘g‘itlar berish zarur. Birinchi o‘g‘itlashda (bahorda) azotli o‘g‘itlar 90, fosforli o‘g‘itlar 60, kaliyli o‘g‘itlar 30 kg/ga, ikkinchi oziqlantirishda esa azotli o‘g‘itlar 120, fosforli o‘g‘itlar 90, kaliyli o‘g‘itlar 60 kg/ga mikdorda beriladi. Bunda 1m2 joyga 20–40 g azotli, 10–15 g fosforli, 2–3 g kaliyli o‘g‘itlar solinadi. Bog‘lar hosilga kirgandan keyin, yaʼni 15 yoshdan oshgandan so‘ng beriladigan o‘g‘itlar miqdorini ikki barobar oshirish mumkin.
Xandon pista bog‘lariga uch yilda bir marta gektariga 30–40 tonna hisobida go‘ng solinadi. O‘zbekistonda xandon pista bog‘larini barpo etish tog‘ va tog‘oldi hududlaridan unumli foydalanish, lalmi va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish, yong‘oq mevali daraxt turlarni ko‘paytirish imkonini beradi.
В Республике Каракалпакстан и по регионам Узбекистана есть 828 га фисташковых полей, которые распределены на 1 235 фермерских хозяйствах всех категорий. В 2021 году была собрана 81 тонна фисташек, в 2022 году – 386 тонн, а в 2023 году с этих участков планируется получить 4 721 тонну фисташек.
Сегодня в нашем материале мы расскажем, как вырастить рассаду фисташки?
Есть два способа создать фисташковый сад. Первый способ – выращивание из семян. В этом случае отобранные семена высеивают осенью прямо во вспаханную землю. В каждую лунку помещают по 4-5 семян. До следующего года за ростками тщательно ухаживают. Если рассаду поливать 2-3 раза в летние месяцы, то рост ускорится.
Второй способ – выращивание из рассады. В этом случае семена выращивают в специальных целлофановых пакетах в зимние месяцы (в теплице или дома). Подросшие саженцы пересаживают на постоянное место в марте-апреле. Во время пересаживания рассады, целлофановый пакет разрезают острым ножом и высаживают, не нарушая почвы вокруг корней. Если почва вокруг корней будет нарушена, ростки не зазеленеют. Эти ростки также дают хорошие результаты, если их поливать капельным способом 2-3 раза за лето.
Преимущества выращивания молодых ростков.
Если молодые ростки фисташек Хондон прививать и выращивать в домашних условиях, то можно получить сорт, который будет давать хороший и качественный урожай в будущем.
При таком выращивании оставляют 1-2 мужских растения на 8-10 женских. Их размещают с ветренной стороны или по краям поля. Для привоя кору надрезают в форме буквы «Т» и на нее помещают почку хорошего сорта и формы. Привой следует делать летом, обычно в конце июня-начале июля. В этом случае прикрепляемая почка уже будет хорошо созревшей, а кожица привоя будет легко отделяться. Обрезки для сварки должны храниться во влажных условиях. Хранение не должно превышать 3 суток при комнатной температуре.
Черенки можно хранить при 1-5o до 10 дней. Привой делают два человека утром и вечером. Один человек выполняет работу по присоединению, а второй соединяет почки. Зазор между верхней частью коры почки и верхушкой почки должен составлять 1 мм. Прикрепленный бутон обвязывается пленочной лентой. При этом всю срезанную часть закрывают пленкой, а бутон оставляют открытым. Полиэтиленовая пленка должна быть длиной 30-35 см и шириной 1-1,5 см. Бутон сольется с коннектором через 15-20 дней. К этому времени ленты стоит убрать. В учет берутся побеги, которые взялись. Пленочную ленту лучше снимать вечером. Как только почка начинает прорастать, привой обрезают, оставляя тело соединительной части на высоте 15-20 см от связанной почки. Также оставляют 1-2 листа, а позже (после того, как почка отрастет до 30 см) их обрезают. Для прививки от одного маточного дерева раз в два года берут черенки, от которых обрезают 1/3 часть однолетних ветвей.
Уход за фисташковыми садами. Фисташковые сады Хандон закладывают весной (в марте) по схеме 6х8 метров. Если фисташковые сады закладываются на ровных, машинодоступных участках, то в конце марта-начале апреля междурядья обрабатывают на глубину 10-15 см. Второй уход проводят после прекращения весенних дождей, то есть размягчают рядки на глубину 7-10 см. Третью обработку проводят на глубину 20-25 см после первого осеннего дождя.
Помимо механической работы каждый ствол дерева размягчается еще и вручную. Во время работ по смягчению, в саду необходимо вносить минеральные и органические удобрения. В первую подкормку (весной) вносят: азотных удобрений 90, фосфорных удобрений 60, калийных удобрений 30 кг/га, а во вторую подкормку – азотных удобрений 120, фосфорных удобрений в количестве 90, калийных удобрений в количестве 60 кг /га. При этом 20–40 г азота, 10–15 г фосфора на 1 м2, вносят 2-3 г калийных удобрений. После того, как с садов собран урожай, после, через 15 лет количество удобрений можно удвоить.
Фисташковые сады удобряют один раз в три года из расчета 30-40 тонн на гектар. Создание фисташковых садов в Узбекистане позволяет эффективно использовать горные и предгорные территории, осваивать малоплодородные и малоплодородные земли, разводить орехоплодные породы деревьев.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: