Institut va uning filiali hamda ilmiy-tajriba stansiyalarida 1 ta fundamental, 15 ta amaliy grant loyihalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
2020-yilda Institutda viloyatlar uchun “Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish agrotexnologiyasi” hamda “O‘zbekistonda ekishga tavsiya etilgan kuzgi bug‘doy, dukkakli don ekinlarning mahalliy va xorijiy navlarining tavsifi hamda ularni parvarishlash” deb nomlangan tavsiyanomalar chop ettirildi.
Mahalliy sharoitda yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi 7 navini (“Gulbahor”, “Yog‘du”, “Davr”, “Aziz”, “O‘zbekiston-25”, “Nodir”, “Qadr”) patentlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasida yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning “Amangul” va “Shortanbay-1” navlariga patent olindi.
Kuzgi bug‘doyning “G‘arezsizlik”, sholining “Gulistan” navlari 2019-yildan va kuzgi bug‘doyning “O‘tkir” navi 2020-yildan boshlab Davlat reyestri ro‘yxatiga kiritildi va ishlab chiqarishga joriy etildi.
Shu jumladan, lalmikor maydonlarda ekish uchun yumshoq bug‘doyning “No‘shkent”, arpaning “Mushtarak, “Abu-G‘ofur-20”, tritikalening “Sardor” navlariga seleksiya yutuqlari uchun patentlar olindi.
Qashqadaryo filialida yaratilib, patent olish uchun topshirilgan qattiq bug‘doyning sug‘oriladigan maydonlarga mos “Nasaf” va “Zilol” navlari, yumshoq bug‘doyning sug‘oriladigan maydonlarga mos “Kesh-2016” va “Shukrona” navlari, lalmikor maydonlarga mos “G‘allakor” va “Ravon” navlari uchun Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash komissiyasining nav yangiligi xulosasi olindi va yaqin davr ichida patent hujjatlari olinadi.
Rossiya Fedratsiyasining V.S. Pustavoyt nomidagi Butunrossiya moyli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, P.P. Lukyanenko nomidagi “Milliy don markaz”i hamda “Donskoy” ilmiy markazi bilan hamkorlik faol yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birgalikda turli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: