1898-yilda Turkiston qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasi nomi bilan tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2125-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.
Respublikamiz bo‘ylab jami 16 ta hududda filiallari, ilmiy tajriba stansiya va uchastkalari mavjud.
Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalarida 2016-yilda – 17 ta (1246,3 mln. so‘mlik), 2017-yilda – 20 ta (1614,7 mln. so‘mlik), 2018-yilda – 18 ta (2053,7 mln. so‘mlik) loyiha amalga oshirilgan, 2019-yilda 16 ta loyiha (3038,5 mln. so‘m), 2020-yilda 9 ta loyiha (3083,6 mln so‘mlik) ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalarida meva-uzumning 31 ta turi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi, bular: olma, nok, behi, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, olcha, gilos, yong‘oq, bodom, pekan, funduk, xurmo, anor, anjir, zaytun (maslina), dafna (lavr blagorodniy), qulupnay, qorag‘at (smorodina), xo‘jag‘at (malina), krijovnik, chakanda (oblepixa), klyukva, maymunjon, jimolost, limon, apelsin, mandarin, greypfrut, pampelmus hamda uzumdir.
2016-2020-yillarda institut va uning tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalarida mahalliy va introduksiya qilingan meva-uzum navlarini o‘rganish va seleksiya natijalariga ko‘ra, 2016-yilda olmaning – Feruza, uzumning – Muskat Orzu, Xusayne muskatniy, Muskat Shavqi, qulupnayning – O‘zbekiston go‘zali, oltinsimon qorag‘atning – Ruxshona, Oltinoy navlari 2017-yilda bodomning – Zarina, fundukning – O‘zbekiston, limoning – Meyer, apelsinning – Gamlin, mandarinning – Klimentin, uzumning Kishmish Malika hamda 2018 yilda – qulupnayning Bauntiful, Redgountlet, Kobra, uzumning Gavhar, Istiqlol navlari, 2019-yilda uzumning Kishmish Motrudi, Kishmish Samarqand, Kishmish Sagdiana navlari Davlat reyestirga kiritilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: