Biogumus tuproqni mukammal darajada sog‘lomlashtiradi. U boshqa har qanday organik moddalar bilan yaxshi birlashadi va hosilning taʼm sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Biogumus tabiiy tuproqqa yaqin bo‘lgan o‘g‘it turi bo‘lib, chirishga moyil chiqindilar: go‘ng, xazonrezgi, qushlarning axlati, qipiq, somon, o‘simlik uyumlarini Kaliforniya qizil chuvalchangi organizmidan o‘tkazish orqali olinadi.
U qoramtir rangda, quruq (sochiluvchan) va suyuq (suvda eritilgan) holatda bo‘ladi.
Uning tarkibidagi mikroorganizmlar tuproqning aerobik, anorobik, mikroelementlar bilan boyitilishiga sharoit yaratib beradi. Shuningdek, tuproqning mexanik zichligini ham meʼyoriga keltiradi.
Biogumusning foydali xususiyatlari:
Tuproqqa biogumus solishning ham meʼyorlariga eʼtibor qaratish darkor. Unumdorligi past bo‘lgan tuproqni laboratoriya tahlillaridan o‘tkazib, mutaxassislarning tavsiyasi asosida belgilangan miqdorda biogumus solinadi. Biogumus solingan tuproqda yetishtirilayotgan ekin kasalliklarga chidamli bo‘lishi va erta pishib yetilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Buning bir necha usullari mavjud. Yerga urug‘ qadayotganda u bilan birga biogumus solish ham yaxshi samara beradi. Tuproqqa qaysi paytda, qancha miqdorda biogumus solish esa agrotexnolog mutaxassislarning tavsiyasi asosida amalga oshirilishi lozim.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: