Bugun aholini xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda eng muhim va dolzarb masalalardan biridir. Qishloq xo‘jaligida daladan dasturxongacha tamoyili asosida mahsulot yetishtirish, uni saqlash va bozor rastalariga yetkazib berish barchasi bir zanjirga tizilgan va doimo nazoratda ekanligi, shubhasiz. Ammo xaridor uchun eng muhimi, bozordan xavfsiz va arzon mahsulotni sotib olishdir. Xo‘sh, dalaning o‘zida arzon sotilayotgan mahsulotning toki bozor rastasiga yetib kelgungacha narxi ko‘tarilib ketayotganining sababi nimada? Narxning bu tarzda sunʼiy oshib ketishi kimga bog‘liq? Xaridor arzon va xavfsiz mahsulot sotib olishi uchun nima qilish kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov va boshqarma boshliqlari hamda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev hamda kotibiyat vakillaridan iborat Ishchi guruh hamkorligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish aynan ushbu masalalarning yechimiga bag‘ishlandi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan yig‘ilishda ikkita muhim masalaga eʼtibor qaratildi:
Bahodir Tojiyevning taʼkidlashicha, Senat vakillari tomonidan joylardagi bozorlarda narx-navoning oshib ketishi sabablari o‘rganilgan. Bu masalaning yechimini topish yo‘lida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlik qilish eng to‘g‘ri va oqilona yechim ekanligi qayd etildi.
Muloqotda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi va Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasi bosh boshqarmasi rahbarlari mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: