Xalqimiz bahor faslini shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boshlashni ezgu anʼanaga aylantirgan. Shoira tavalludining 108 yilligini munosib nishonlash maqsadida poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da ijodiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov, vazirlik tizim tashkilotlari masʼullari, Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchilari va talabalari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari ishtirok etdilar.
Alohida taʼkidlash joizki, Zulfiya jahon minbarlarini ko‘rgan shoira, shu bilan birga, go‘zal tarjimon ham edi. U o‘zining boy adabiy merosi, faol ijodkor sifatidagi faoliyatida o‘zbek ayollarining salohiyati naqadar yuksak ekanini ko‘rsatib berdi. U latif ijodi bilan sharq ayollari qalbiga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq bera oldi.
Tadbirda shoira Zulfiya Isroilovaning shu kabi xislatlari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Talabalar shoira sheʼrlaridan namunalar aytib berdilar, sahna ko‘rinishlaridan parcha ijro etdilar.
У нашего народа есть добрая традиция начинать весну с дня рождения поэтессы Зульфии Исраиловой. В Ташкенте состоялось творческое мероприятие, посвященное празднованию 108-летия поэтессы.
В нем приняли участие советник министра сельского хозяйства Республики Узбекистан по вопросам повышения эффективности духовно-просветительской работы, обеспечения соблюдения законодательства о государственном языке Эшмирза Абдуалимов, ответственные лица системных организаций министерства, преподаватели и студенты Ташкентского государственного аграрного университета, обладатели Государственной премии имени Зульфии.
Стоит отметить, что Зульфия была поэтессой, которая выступала на сценах в разных уголках мира, а также была талантливым переводчиком. Своим богатым литературным наследием, активной творческой деятельностью она показала, насколько высок потенциал узбекских женщин. Творчество Зульфии посвящено доброте, любви и преданности восточных женщин.
На мероприятии вспоминали жизнь поэтессы, а студенты зачитали стихи и исполнили некоторые ее произведения под музыкальное сопровождение.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: