2023-yilning 28-mart kuni Qashqadaryo viloyatida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar orasida keng qamrovli kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, dorivorchilik va ziravorchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ixtisoslashgan savdo yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-251-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Savdo yarmarkasida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyatning Qishloq xo‘jaligi, O‘rmon xo‘jaligi, Savdo-sanoat palatasi boshqarmalari, dorivorchilik klasterlari, shu yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari, qayta ishlovchi korxonalar va tadbirkorlar hamda sohaga qiziquvchilar ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda viloyatda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bu o‘simliklar yetishtiriladigan maydonlarni tashkil etish va qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
28 марта 2023 года в Кашкадарьинской области прошла специализированная торговая ярмарка по выращиванию и переработке лекарственных растений, развитию сферы медицины и пряностей. Ярмарка организована для предпринимателей, которые занимаются лекарственными травами.
В ней приняли участие представители хокимията Кашкадарьинской области, управления сельского хозяйства, лесного хозяйства, торгово-промышленной палаты, фармацевтических кластеров, фермерских хозяйств и другие.
Отметим, что данное мероприятие прошло в рамках реализации Постановления Президента Республики Узбекистан от 20 мая 2022 года № 251 «О мерах по организации культурного выращивания, переработки и широкого использования лекарственных растений в лечении».
В последние годы в регионе осуществляются последовательные реформы в части охраны лекарственных растений, рационального использования природных ресурсов, организации и обработки территорий, где выращиваются эти растения.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: