Anjir – tutdoshlar oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning janubi, AQSHda katta maydonlarni egallaydi. Gruziya, Ozarbayjon, O‘rta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Vatani – Kichik Osiy.
Anjir juda qadimdan madaniylashtirilgan o‘simlik sanaladi. Namga ancha talabchan. Uning shiori “boshim cho‘lda, ildizim ko‘lda bo‘lsin” degan gap bor. Sovuqqa chidamsiz. Sho‘rlangan yoki shag‘alli tuproqlarda deyarli o‘smaydi.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida (naviga qarab) anjirning 3 ta navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan anjir mahsuloti Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: