Ushbu qaror bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
Jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va bo‘sh turgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish tartibi soddashtirildi;
Ochiq elektron tanlovlarda qatnashish jarayonida g‘olib tomonidan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega bo‘lish uchun to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlarning hisobini yuritish, undirish va sarflash tartibi tasdiqlandi;
tanlovlarda faqat yer uchastkasi joylashgan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida) doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olingan shaxslar qatnasha oladi va talabgorlarga tuman bo‘yicha qo‘shimcha koeffitsient hisoblanadi;
yer tuzish loyihalarini beglilangan muddatlarda tasdiqlash yoki qaytarishda yer uchastkasining ixtisosligi va yo‘nalishini aniq belgilab berish talablari o‘rnatiladi;
tanlov g‘olibi qo‘shimcha to‘lov majburiyatini o‘z zimmasiga olsa, ushbu to‘lov majburiyatining 5 foizini ijara shartnomasi tuzilgunga qadar to‘lashi talab etiladi (to‘lov operatorning maxsus hisobvarag‘iga shaxsiy kabinet orqali to‘lanadi).
qo‘shimcha to‘lovning qolgan qismi ijara muddatida, har bir yilga teng bo‘lgan holda (15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushda) to‘lanadi;
qo‘shimcha to‘lovning 5 foizini to‘lamagan yoki shartnoma imzolashni rad etgan g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sischilari hisoblangan shaxslar savdo qoidalarini buzgan deb e’tirof etiladi va birinchi marta sodir etilganda 1 yil muddatga, ikkinchi marta takrorlanganda esa muddatsiz davrga tanlovlardan chetlatiladi.
tanlovlarda qatnashish uchun ariza yuborish hamda ijara shartnomasini imzolashda maxsus identifikatsiyalashdan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
g‘olib to‘lagan qo‘shimcha to‘lovning 5 foizi tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga o‘tkazib beriladi va bu mablag‘ ijara shartnomasidagi qo‘shimcha majburiyat to‘lovida inobatga olinadi.
Dehqon xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda:
yer uchastkalarini elektron tanlovda ijaraga olishda to‘lanishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlarning eng yuqori chegarasi belgilandi (eng yuqori ball 36 ball);
dehqon xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqib ijaraga olish muddatiga hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lov stavkalari belgilandi;
➡️ 1 barobariga teng – 10 ball
➡️ 2 barobariga teng – 20 ball
➡️ 3 barobariga teng – 30 ball
➡️ 4 barobariga teng – 36 ball.
ishsiz oila a’zolari soni haqidagi ma’lumot mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan kiritiladi;
talabgorning agrar sohadagi oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumoti uchun avtomatlashtirilgan tartibda ball beriladi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni yuridik shaxslarga ijaraga berishda:
qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga olish uchun tanlovda g‘olib bo‘lish uchun ixtiyoriy ravishda olinadigan qo‘shimcha to‘lovlar:
chorvachilikdan boshqa yo‘nalishlar uchun
➡️ 1 barobariga teng – 18 ball
➡️ 2 barobariga teng – 38 ball
➡️ 3 barobariga teng – 58 ball
➡️ 4 barobariga teng – 78 ball.
chorvachilik yo‘nalishi uchun
➡️ 1 barobariga teng – 18 ball
➡️ 2 barobariga teng – 35 ball
➡️ 3 barobariga teng – 70 ball
➡️ 4 barobariga teng – 88 ball.
talabgorda bir nechta turdagi texnika mavjud bo‘lganda eng yuqori ballga ega bo‘lgan toifadagi texnika balli hisobga olinadi;
qishloq xo‘jaligi yerlari uchun tanlovda g‘olib bo‘lgan shaxsga qo‘shimcha to‘lov majburiyatini olsa, uning 5 foizini to‘lash, shartnoma imzolash va jismoniy shaxslar uchun yagona ta’sischiligidagi yuridik shaxs haqida axborotni kiritish uchun besh ish kunlik muddat beriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga olish bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘lish uchun qo‘shimcha to‘lov majburiyati olinsa, uni to‘lash tartibi:
➡️ qo‘shicha to‘lovlar 15-aprel va 15-oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi talab etiladi;
➡️ qo‘shimcha to‘lovlar tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab hisoblanadi va undiriladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan “E-IJARA” avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2021-yil 23-dekabrdan ishga tushirilgan. Mazkur tizim tegishli vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilingan bo‘lib, lotlarni ochiq elektron tanlovlarni o‘tkazish maqsadida “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarish, shuningdek g‘oliblarning huquq va hujjatlarini tegishli idoralarda rasmiylashlashtirishga ko‘maklashish uchun foydalanilmoqda.
2023-yil 5-aprel holatiga ijrochi – “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun jami maydoni 42 691.09 gektar bo‘lgan 42 816 ta lot, jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun maydoni 18 816.99 gektar bo‘lgan 42 098 ta lotlar yangi mezon va tartiblar asosida ochiq elektron tanlovlarga chiqarish uchun tayyorlanmoqda.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: