O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi xodimlari tomonidan Andijon viloyatida “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatida davlat sinovining ahamiyati va oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlar” mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Shahrixon nav sinash uchastkasi dalasida bo‘lib o‘tgan seminarda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi direktori Ozod Matyoqubov hamda Andijon viloyatining tashkilotlari, tumanning sektor boshliqlari, viloyatning nav sinash stansiya va uchastkalari vakillari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari qatnashishdi.
Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-121-son Qarorida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestrida 2 121 ta qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav va duragaylari mavjud. Jumladan, g‘o‘zaning 40 ta, bug‘doyning 93 ta, meva-sabzavot ekinlarining 920 ta, manzarali va dorivor o‘simlik turlarining 72 ta, cho‘l va yaylov o‘simliklarining 16 ta nav va duragaylari sinov natijalari va Ekspert komissiyasi xulosalariga ko‘ra, Davlat reestriga kiritilgan.
Seminarda quyidagi mavzular bo‘yicha mutaxassislar maʼruzalar qilishdi va ishtirokchilarga o‘z tavsiya va maslahatlarini berishdi:
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi xodimlari tomonidan respublikaning boshqa hududlarida ham mana shunday tadbirlar tashkil etilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: