Yurtimizda «Yoshlar: bilim va amaliyot» loyihasining navbatdagi dasturiga start berildi.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar faolligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Qolaversa, bu loyiha mutaxassislikka tayyorlash orqali agrar soha tarmoqlariga kelgusida istiqbolli kadrlar zaxirasi uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
«Yoshlar: bilim va amaliyot» loyihasi bir necha bosqichdan iborat: dastlab qatnashchilarning nazariy bilimlari va xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi test sinovlari orqali baholanadi. So‘ngra, ochiq muloqot davomida talabalarning iqtidori, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad-rejalari o‘rganiladi.
Mazkur loyihada Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jalini mexanizatsiyalash muhandislar instituti talabalari ham ishtirok etdilar. Ahamiyatlisi shundaki, talabalar amaliyot o‘tash uchun ustoz-murabbiylarga biriktirilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va uning tizim tashkilotlarida o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari ko‘zda tutilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: