Har tomonlama konstruktiv va manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuv «CITIC Construction» kompaniyasi prezidenti Yao Tang bilan kechdi.
Aytish joiz, ushbu kompaniya O‘zbekistonda bir necha yillardan beri samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Asosiy faoliyati qurilish, bunyodkorlik va loyihalash hisoblanadi. Bu uning mamlakatimizdagi olib borayotgan yo‘nalishi. Ayni damda ushbu kompaniya qishloq xo‘jaligi sektoriga ham katta qiziqish bildirmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida kompaniya prezidenti Yao Tang “CITIC Construction” Sirdaryo viloyati Xovos tumanida umumiy qiymati 500 mln. dollarlik O‘zbekiston-Xitoy agroindustrial parkini (agrologistika, qayta ishlash, sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqarish va boshqalar) tashkil etish loyihasini amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.
Mazkur loyihaning birinchi bosqichida Xovos tumanida agrologistika markazi va yirik omborxonalar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, saqlash va eksport qilish imkonini kengaytiradi. Ayni markaz orqali Xitoyning o‘ziga ham mahsulot jo‘natishning yangi imkoniyati tug‘iladi. Mahsulotlarni fitosanitar qoidalar asosida eskportga yo‘naltirish, ushbu davlat karantin talablaridan kelib chiqqan holda meva-sabzavotlarni kimyoviy hamda mahalliy o‘g‘itlashda qo‘yiladigan me’yor talablari kabi qator masalalarning yechimi ham ushbu markazda hal etiladi.
Kompaniya vakillar keyingi oydan boshlab O‘zbekistonga tashriflarini amalga oshirib, amaliy ishlarni boshlash choralari ko‘riladi. Bunda kompaniya prezidenti boshchiligidagi katta guruh mamlakatimizda bo‘lishi hamda kelishuv bo‘yicha lozim chora-tadbirlar ko‘lamini aniqlashiga kelishib olindi. Bu boradagi imzolangan memorandumda ayni masalalar o‘z aksini topgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: