O‘zbeklarning milliy va sevimli taomi palov ekani barchaga maʼlum. Palov esa unga ishlatilgan guruchning xususiyatlariga ko‘ra, turli taʼmga va tayyorlanish texnologiyasiga ega bo‘ladi.
Eng shirali va ishtahabop palov “lazurniy” (“lazer”) va “alanga” guruchlaridan tayyorlanadi. “Lazurniy” guruchi aynan o‘zbekistonlik olim Tursunboy Is’hoqov tomonidan Kuba Respublikasida yaratilgani esa, ko‘pchilikka nomaʼlum bo‘lsa-da, biz faxrlanadigan faktdir.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi “Bo‘ribosar” fermer xo‘jaligida ham 60 gektar yer maydoniga sholining “lazurniy” navi ekilib, parvarishlanmoqda. Bundan 4 yil oldin ekin bitmagan qo‘riq yerlar bugun fermer xo‘jaligi va ishchilarining mehnati bilan “lazurniy” navli sholizorga aylantirildi. Albatta, sholi yetishtirishning o‘ziga xos agrotexnologiyasi, mashaqqati bor.
Bugungi kunda respublikamizda sholi yetishtirish bilan bog‘liq holat va uning agrotexnikasi haqida batafsil bayon etamiz.
Respublikamizda 2022-yilda aholini guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini ichki ishlab chiqarish hisobiga qoplash maqsadida jami 105,8 ming gektar, shundan asosiy maydonlarga 41,8 ming gektar va takroriy ekin sifatida 63,9 ming gektar sholi ekib, parvarishlandi hamda 516,9 ming tonna (2021-yilga nisbatan 43,9 ming tonna ko‘p) sholi yetishtirildi ( o‘rtacha 48,8 s/ga).
Sholi maydonlarida resurs va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishga katta eʼtibor qaratilib, 25,2 ming gektar sholi ekiladigan yerlar lazerli tekislandi, 38,2 ming gektar maydonga ko‘chat usulida va 18 ming gektarga zamonaviy seyalkalar bilan sholi urug‘i ekildi.
Buning natijasida, 4,1 ming tonna urug‘lik sholi sarfi kamayishiga va 380 mln metr3 suv tejalishiga erishildi.
2023-yil hosili uchun respublika hududlarida jami 104,8 ming gektar (46,9 ming gektar asosiy va 57,8 ming gektar takroriy) sholi ekish belgilangan. Ushbu maydonlarda 528,2 ming tonna (50,4 sentnerdan) sholi yetishtirish rejalashtirilgan.
Sholi yetishtirishda hosildorlikni belgilovchi asosiy omillardan biri ekish mavsumini sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazish hisoblanadi.
Sholi maydonida suvni bir xil me’yorda ushlash uchun yerni ±5 sm qilib tekislash zarur. Yerni tekislashda eng sodda va samarali qadimiy agrotexnika tadbiri bu — suv bostirib tekislash hisoblanadi. Bu usul urug‘likni suvda ekishga mo‘ljallangan dalalarda amalga oshiriladi. Bunda ekishdan oldin bir necha kun pollar 10 sm qalinlikda suv bilan to‘ldiriladi. Haydov qatlamidagi kesaklar ivigandan keyin, pollar yuzasiga zanjirli va g‘ildirakli traktorlar yordamida chizellanadi yoki freza-katok (GF-2,8) bilan ishlov beriladi va mola tirkab maydon yuzasi tekislanadi.
Bu usulda yerni tekislash begona o‘tlarga qarshi kurashishda yuqori samara beradi. Pollarning yuza qismidagi tuproq yaxshi aralashadi, sifatli tekislanadi.
Sholi urug‘larini ekish va ivitishda quyidagi jihatlarga eʼtibor qilish lozim:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: