O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida 2023-yil 3-apreldagi 137-son qarori qabul qilingan. Qarorga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov g‘olibi tomonidan qo‘shimcha to‘lovning 5 foizi ijara shartnomasi tuzilguniga qadar, qolgan qismi esa ijara muddatida, har bir yilga teng bo‘lgan holda to‘lanishi, qo‘shimcha to‘lovlarning hisobi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi va (yoki) tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq boshqa vakolatli organlar tomonidan yuritilishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, ushbu masalada tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga qo‘shimcha to‘lovlar grafigini taqdim etilishini soʻrab murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: