Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlarda tuproq unumdorligini oshirish, agrokimyoviy xaritanomalarga muvofiq tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik holatini inobatga olgan holda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabni ishlab chiqish, mineral o‘g‘itlardan tuproq holatiga ko‘ra tabaqalashtirib foydalanishni tashkil qilish;
– qishloq xo‘jalik ekinlarida zarurkunanada, kasallik va begona o‘tlarining tarqalish va rivojlanish bashoratlarini ishlab chiqilishini tashkil qilish, fitosanitar holatni tahlil qilish, biomahsulotlar ko‘paytirishni muvofiqlashtirish, kimyoviy vositalarga bo‘lgan talabni shakllantirish va ulardan belgilangan reglamentlar asosida foydalanishni muvofiqlashtirish;
– qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarni unumdorligini saqlash va oshirish, tuproqning taʼminlanganlik holatini agrokimyoviy tahlillar asosida doimiy kuzatib borish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yangi turdagi mineral, organik va mikrobiologik o‘g‘itlar, biostimulyatorlar, kimyoviy va biologik vositalar sinovlarini tashkillashtirish hamda ularni qo‘llash bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar va biomahsulotlar yetkazib berish, servis xizmati ko‘rsatish hamda saqlash bo‘yicha hizmat ko‘rsatadigan tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
– qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini oshirish va o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha sohada olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarni muvofiqlashtirish;
– chet el mamlakatlarida qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va o‘simliklarni himoya qilish sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, ularni mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos keladiganlarini ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
– biolabaratoriyalar faoliyatini takomillashtirish, yangi turdagi entomofaglar ko‘paytirishni hamda xizmat ko‘rsatish ishlarini yaxshilashni muvofiqlashtirish.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: