So‘ngi yillarda mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanishda tomorqa yer egalarining o‘z yerlaridan oqilona foydalanib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirayotgani va qishloqdagi fuqarolarning bandligi hamda farovonligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik.
Joylarda qishloq xo‘jaligi sohasi faollari tomonidan tomorqachilikni rivojlantirish, bu borada yaratilgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berilmoqda.
Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Dilobod-Zafarabod” MFY hududida istiqomat qilayotgan Narzulla Jo‘rayev xonadonida qishloq faollari ishtirokida tamorqachilikda yuqori hosil olishning sir-asrorlari haqida suhbatlashildi. Unda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda xonadonlardagi tomorqa yer uchastkasida 15 ta kichik yo‘nalishni joriy etish bo‘yicha aholiga kerakli tavsiyalar berib o‘tildi. Jumladan, xonadon egalari tomorqadagi yeridan samarali foydalanish barobarida oilalar bir yilda 80-100 million so‘mgacha daromadga ega bo‘lishi iqtisodiy jihatdan bosqichma-bosqich tahlil qilindi. Bunga misol sifatida ushbu oila boshlig‘i Narzulla aka Jo‘rayevning tajriba usullari ham amalda ko‘rsatildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: