Ushbu haftada Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida “Buxoro Agroklaster” tizimidagi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishgan edi.
Ushbu klaster qoshidagi “Buxoro Agroklaster DZZ” korxonasida sutni qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. 2021-yilda ish boshlagan korxona 6,2 million dollar investitsiya evaziga Italiya va Rossiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan. 150 nafar xodim faoliyat yuritayotgan korxonada yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. Ayni paytda korxonada kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi qirq yetti turdagi sut mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Sut koni foyda, undan tayyorlanayotgan sifatli va sof organik mahsulotlar nafaqat yurtimiz aholisining dasturxoniga yetib bormoqda, balki xorijga ham eksport qilinmoqda.
Tadbirkorning o‘z ishiga mehri, topayotgan yuqori daromadi, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashinuv natijasi kelgusida yangi marralarni egallashiga xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: