Avval xabar berganimizdek qadimiy Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” festivali o‘tkazilmoqda.
Tadbirning rasmiy ochilish marosimi hozirgina tugadi. Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, o‘tkazilayotgan bunday festivallarniing nafaqat agrar soha balki turizm sohasi rivojidagi ahamiyati, poliz ekinlari, xususan qovun
navlarini ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Ochilish marosimida ta’kidlanganidek, festivalda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan mirishkor bobodehqonlar o‘zlari yetishtirgan 300 tonnadan ortiq qovun, tarvuz, oshqovoq kabi poliz mahsulotlari hamda meva-sabzavotlar bilan ishtirok etmoqdalar.
Shundan so‘ng vazir Aziz Voitov ko‘rgazma pavilyonlarini ko‘zdan kechirar ekan, turli hududlardan kelgan fermer va bobodehqonlar bilan poliz mahsulotlarini yetishtirishning nozik jihatlari, tilimi tilni yoradigan qovunlarning hosildorligini oshirish uchun agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida suhbatlashdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Qovun sayli” festivalida mezbon Xorazm viloyati bobodehqonlari 1000 tonnaga yaqin mahalliy Gurvak navli qovun turlari, 400 tonnadan ortiq tarvuz, 200 tonna oshqovoq va 100 tonnadan ortiq meva-sabzavotlari bilan ishtirok etishmoqda.
“Qovun sayli-2023” xalqaro festivali yakunida ishtirokchilar orasidan quyidagi nominatsiyalar boyicha g‘oliblar aniqlanadi:
Festival g‘oliblariga Gentra, Nexia-3, Spark, Damas avtomobillari hamda qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar topshiriladi.
Как мы уже сообщали, в древнем городе музее под открытым небом – Хиве проходит традиционный фестиваль «Ковун сайли». На празднике каждый может окунуться в мир бахчеводства и садоводческого искусства.
Только что завершилась официальная церемония открытия мероприятия. Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов подробно рассказал о достижениях в сфере за последние годы, значении подобных фестивалей, как в развитии аграрного сектора, так и туристической отрасли, мерах предпринимаемых по увеличению видов и сортов бахчевых культур, особенно дынь. В красочным и колоритном фестивале принимают участие фермеры со всех регионов страны. Они привезли более чем 300 тонн дынь, арбузов, тыквы и других фруктов и овощей.
Руководитель министерства Азиз Воитов, осматривая выставочные павильоны, обсудил с фермерами и опытными дехканами из разных уголков республики, тонкости выращивания бахчевых культур, агротехнические мероприятия, которые следует учитывать, дабы повысить урожайность дынь, что тают во рту.
Кстати, хозяева мероприятия – фермеры Хорезмской области привезли на форум изобилия «Ковун сайли» около 1000 тонн дынь, местного, но очень популярного далеко за пределами региона сорта “Гурвак “, более 400 тонн арбузов, 200 тонн тыквы, а также более 100 тонн фруктов и овощей. По итогам международного фестиваля «Ковун сайли-2023» из числа участников будут определены победители по следующим номинациям:
Победители фестиваля получат автомобили Gentra, Nexia-3, Spark, Damas, а также ценные подарки и грамоты за вклад в развитие агропромышленного комплекса Узбекистана.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: