Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi tashrifini Navoiy viloyatiga amalga oshirdi.
Aytish joizki, Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligida o‘ziga xos maktab yaratganligi bilan mashhur. Hudud mehnatkashlari paxta deymizmi, g‘alla deymizmi yoki poliz ekinlariyu meva-cheva bo‘lsin – har sohada estafetani qo‘ldan boy bermaslik uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar.
Birgina misol: Navbahor tumanida yangi tashkil etilayotgan, o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Pure nature oils” MChJni oladigan bo‘lsak, bu yerda paxta va kungaboqarni qayta ishlash hisobiga 80 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Aytish joizki, 2 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, Turkiya va Xitoydan texnologiyalar keltirilib o‘rnatilmoqda. Sutkasiga o‘rtacha 200 tonna xomashyo qayta ishlab chiqarish orqali yillik qiymati 55,7 mlrd so‘m bo‘lgan, 17 ming tonna o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Mazkur korxona yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: