Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Boku shahrida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik. Davlat tashrifi dasturiga ko‘ra ayni paytda har ikki davlatning turli sohalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari amaliy uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Jumladan Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov ham ikki dalvat o‘rtasida strategik hamkorlikni aynan qishloq xo‘jaligi sohasida ham yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bugun Aziz Voitov “Azersun” kompaniyasi bosh direktori Muhammad Goʻzal bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yaratilgan sarmoyaviy imkoniyatlar haqida so‘z yuritar ekan agrar sohadagi ikki davlat hamkorligining istiqbollariga ham to‘xtalib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar birgalikda meva yetishtirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalarni ham muhokama qildilar.
Ma’lumot uchun:
Azersun Holding Ozarbayjon konglomerati boʻlib, oziq-ovqat ishlab chiqarish, chakana savdo va qishloq xoʻjaligi sohalarida, asosan, Ozarbayjonda, shuningdek, boshqa MDH mamlakatlari va Yaqin Sharqda faoliyat yuritadi. Azersun Ozarbayjondagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi (28 ta oziq-ovqat markasi ishlab chiqariladi), shuningdek, qog’oz va qadoqlash savdosi bilan shug’ullanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: