O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Veyselog‘lu” kompaniyasi prezidenti Aydin Tolibov bilan uchrashdi.
«Veyseloglu» kompaniyalar guruhi 1994 yilda tashkil etilgan va «Araz» va «Oba» brendlari ostida ushbu transkavkaz davlatidagi eng yirik supermarket tarmoqlaridan biriga egalik qiladi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistondan katta miqdorda meva va quritilgan mevalar yetkazib berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hamkorlikda yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, Ozarbayjon kompaniyasi iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi va uning faoliyati ushbu segmentdagi ta’minot zanjirlarining barcha bosqichlarini – ishlab chiqarish, tarqatish, logistika va chakana savdoni qamrab oladi.
Uchrashuv davomida agrologistika markazlarini rivojlantirish, xususan, O‘zbekiston mahsulotlarini Ozarbayjonga tashish masalalari muhokama qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kompaniyalar guruhiga Janubiy Kavkazdagi eng yirik distribyutorlik markazlaridan biri bo‘lgan «AVT Logistics» ham kiradi. Bu mahsulot assortimentini 500 ta yuk avtomashinalari orqali 12 mingdan ortiq turli savdo nuqtalariga yetkazib berishni ta’minlaydi.
Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: