Respublikada boshoqli va dukkakli don hamda sholi ishlab chiqarishni ko‘paytirish, seleksiya, urug‘chilik hamda ularni navlar bo‘yicha joylashtirishda ishlab chiqilgan dasturlarni ko‘rib chiqish, yerning unumdorligini tiklash, ilmiy asoslangan almashlab ekishni qo‘llash, nam saqlash va tuproqning strukturasini yaxshilash bo‘yicha intensiv texnologiyalarini o‘zlashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish;
g‘alla, dukkakli don va sholi yetishtirish bo‘yicha yangi texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularni yetishtirishda qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilariga amaliy yordam ko‘rsatish;
ilmiy muassasalar, boshqa idora va tashkilotlarning g‘alla, dukkakli don va sholi ekinlar agrotexnologiyasi, seleksiyasi, urug‘chiligi hamda ularni navlar bo‘yicha joylashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan muhokamalarda ishtirok etish;
g‘alla, dukkakli don va sholi ekishga tavsiya etilgan, istiqbolli navlarini ishlab chiqarishga joriy etishda faol ishtirok etish, vazirlik tizimiga kiruvchi g‘alla, dukkakli don va sholi ekinlar urug‘chiligi, seleksiyasi hamda sinovlari bilan shug‘ullanuvchi barcha turdagi Respublika va hududiy tashkilotlar, korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga bu borada amaliy yordam ko‘rsatish;
fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalar hamda g‘allachilik va sholichilik klasterlari (keyingi o‘rinlarda – qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari) tomonidan ishlab chiqarilgan va sotiladigan urug‘likning sifati davlat standartlari talablariga javob berishini taʼminlash;
urug‘lik g‘alla, dukkakli don va sholini yetishtirish hamda sifatini aniqlash bo‘yicha davlat standartlari, uslubiy qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga elita, birinchi va keyingi avlodli urug‘larini yetishtirish, ularni saqlash, ekishga tayyorlash hamda ekishni sifatli o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish;
urug‘chilik sohasidagi jahon tajribasi yutuqlarini joriy etishni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib etish;
viloyat talablari asosida urug‘lik don jamg‘arilishini monitoring qilish va jamg‘arilgan navlar bo‘yicha kelgusi yil uchun joylashtirishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligida ushbu turdagi ekinlarning urug‘liklarini ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: