Joriy yilning 12-sentyabridan 20-sentyabrigacha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 9 ta oliy taʼlim muassasalarining jami 94 nafar ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul xodimlari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazildi.
32 soatlik o‘quv rejasi asosida tashkillashtirilgan kurslarda oliy taʼlim muassasalarining yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limlari xodimlari, fakultetlar dekanlarining yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-tarbiyachilar ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, t.f.d., professor A.Mavrulov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari U.G‘ofurov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, yu.f.d., professor B.Narimanov, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori, f.f.d. O.Davlatovlar “Adolat va qonun ustuvorligi — halqparvar davlat poydevori”, “Ijtimoiy ahloq va yangilanayotgan jamiyat”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati”, “Yoshlarga vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda badiiy adabiyotning o‘rni”, “Axborotlashgan jamiyatda inson ma’naviyati muammolari”, kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.
Shundan so‘ng ushbu mavzular yuzasidan atroflicha fikr yuritildi. Ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berildi. Tadbirda takidlanganidek, o‘qilgan ma’ruzalar tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: