Joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh Italiyaning “ENI” kompaniyasi tomonidan kanakunjut o‘simligidan bioyoqilg‘i va biodizel’ ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishish uchun Keniya davlatiga tashrifi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-9-iyun kunlari Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida “ENI” kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 100 mln dollarlik kanakunjut, sutlama va kroton o‘simliklari plantatsiyalarini tashkil etish orqali bioyoqilg‘i va biodizel ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Tashrif davomida Ishchi guruhi loyiha doirasida tashkil etilgan kanakunjut plantatsiyasi hamda qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Jumladan, ENI kompaniyasining Nayrobi shahrida joylashgan vakolatxonasi rahbariyati bilan Keniyada amalga oshirilayotgan faoliyat xususida uchrashuv tashkil etildi.
Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, “ENI” kompaniyasi 2012-yildan boshlab Keniyaning uglevodorodlarni izlash va qazib chiqarish sektorida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, mamlakatda 2022-yilda kompaniya tomonidan yangi yopiq siklli to‘liq integrallashtirilgan iqtisodiy sanoat modeliga asoslangan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Kompaniyaning Keniyadagi asosiy faoliyati kanakunjut donidan yog‘ ishlab chiqarish bo‘lib, bugungi kunda 25 ming gektar yer maydonida faoliyat yurituvchi 40 mingdan ortiq fermerlardan 10 ta agregatorlar orqali bioyoqilg‘i ishlab chiqarish uchun xomashyo yig‘ib olish yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, 20-sentyabr kuni Naivasha hududida joylashgan kanakunjut urug‘chilik xo‘jaligi va tajriba-sinov dalalari faoliyati bilan ham tanishildi.
Mazkur hududda 35 gektarda urug‘lik olish maqsadida kanakunjut o‘simligi ko‘p yillik ekin sifatida yetishtirilib, pivot tizimida sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, boshqa noan’anaviy moyli ekinlar sinovi tashkil etilgan.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari 21-sentyabr kuni Makueni hududida joylashgan kompaniyaga tegishli Agroxab faoliyati bilan ham tanishishdi. Agroxab yillik 15 ming tn o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bu yerda paxta, kanakunjut hamda turli yong‘oq mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan 3 ta tarmoq yo‘lga qo‘yilgan hamda 130 ta ish o‘rinlari yaratilgan.
Agroxabda ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘i bioyoqilg‘i olish uchun Italiyaga yuboriladi hamda paxta kunjarasi chorvachilik uchun, kanakunjut chiqindisi esa yonilg‘i va o‘g‘it sifatida mahalliy bozorga sotiladi.
Tashrif so‘ngida, ENI kompaniyasi bilan Qishloq xo‘jaligi, Energetika, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirliklari o‘rtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi:
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: