Joriy yilning 19 dekabr kuni EFFECT.UZ rasmiy telegram kanalida Kattalarga savol: Xorazmda sholi ekish kerakmi o‘zi? – Gurlanda 40 dan ortiq fermerlar Prezidentga murojaat yo‘llashdi nomli xabar e’lon qilindi. Unda aytilishicha, Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi 40 dan ortiq fermer xo‘jaligi rahbarlari Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zlariga nisbatan qilinayotgan nohaqliklar bo‘yicha murojaat yo‘llashgan.
Ayni paytda fermerlarning bundan 5 yil avval hokim qarori orqali auksionda qo‘lga kiritgan yer maydonlari tuman prokurorining da’vo arizasiga ko‘ra, sud orqali zaxiraga qaytarilmoqdaligi, sudlar ham bu borada juda faol ravishda ishlab, fermerlar manfaatiga zid bo‘lgan qarorlarni qabul qilayotganligi bayon etilgan.
Ushbu xabar yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligining ishchi guruhi a’zolari Xorazm viloyati, Gurlan tumanida o‘rganish olib bordi.
O‘rganishda Gurlan tuman prokuraturasi tomonidan mazkur tumanda faoliyat yuritayotgan 37 ta sholichilik fermer xo‘jaliklariga Gurlan tuman xokimining “Sholichilik fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritilgan.
Mazkur arizada Gurlan tuman xokimligi tomonidan fermer xo‘jaliklariga qo‘shimcha yer ajratish yuzasidan qabul qilingan qarorlarida tender tanlovlari o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaganligi va tanlovlar o‘tkazilmaganligi vajlari asos qilib ko‘rsatilgan.
Ishchi guruh tomonidan tuman xokimligining ushbu fermer xo‘jaliklariga yer maydoni ajratish haqida qabul qilingan qarorlari va unga oid hujjatlarini o‘rganilganda, “Gurlan hayoti” gazetasida tanlov o‘tkazish bo‘yicha e’lon berilganligi hamda tanlov yakunlari bo‘yicha yer uchastkalarini ajratish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish tuman komissiyasi bayonnomalari rasmiylashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu o‘rganish natijalari ishchi guruh a’zolari tomonidan Gurlan tumani hokimi, prokurori va hokimiyat yuriskonsulti ishtirokida amalga oshirildi. Bundan tashqari Gurlan tumani madaniyat markazida mazkur shikoyatni yo‘llagan fermerlar bilan ham ochiq muloqot o‘tkazildi. Muammo yuzasidan fikrlari tinglandi. Qonuniy va ijobiy yechimga kelinishi bo‘yicha tushuntirildi.
Shu bilan birga Gurlanlik fermerlarga mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida har bir mahsulotning o‘z o‘rni va ahamiyati borligi ma’lum qilinib , sholi ekish va uni yetishtirishda mone’lik bo‘lmasligi ma’qulligi ta’kidlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: