Dunyoda eksport qilinadigan bananlarning 95%i bitta madaniy nav—“Kavendish”dan yetishtiriladi. Ommalashgan sariq, yashil rangli bananlardan tashqari qizil, moviy rangdagi bananlar ham yetishtiriladi.
Qizil banan “Kavendish”ga qaraganda shirinroq. Pishgan bananlarning ichi och pushti rangda bo‘lib, iste’mol qilganingizda malina ta’mini eslatadi. Bu navdagi bananlarni asosan Sharqiy Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika, BAA ishlab chiqaruvchilari eksport qilishadi.
Moviy bananlar “Gavaya” yoki “Muzqaymoq” bananlari sifatida ham tanilgan. Ammo ularni bizning do‘konlardan topib bo‘lmaydi. Moviy rangadi bananlar juda kamyob, asosan janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida yetishtiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: