Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida 3,7 million dollarlik loyihaning boshlang‘ich nuqtasida sholining serhosil navlarini tanlash, zamonaviy texnologiyalarga ega urug‘chilik asosida O‘zbekistonda barqaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda KOPIA markazi direktori Oh Sun Jon, sholichilik klasteri vakillari, Toshkent, Surxondaryo, vodiy viloyatlari fermerlari, loyiha koordinatorlari va institut jamoasi ishtirok etdi.
Seminarda loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Bajariladigan ishlar yuzasidan taqdimotlar qilindi. Viloyat koordinatorlarining vazifa va majburiyatlari belgilab olindi. Loyiha doirasida ilmiy xodimlarning tajriba almashish imkoni yaratilib, Koreya davlatida tajribalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Loyiha yakuniga qadar O‘zbekiston O‘rta Osiyoda yagona sholi urug‘chilik markaziga aylanadi, – deydi Oh Sun Jon.
Seminardan so‘ng ishtirokchilar institut moddiy texnik bazasi bilan tanishib, sholi urug‘larini saralash omborida saralash ishlarini kuzatishdi hamda dala maydonlarida olib borilgan agrotexnik, tozalov ishlari bilan tanishishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: