Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Tuproq bilimdoni” hamda “Degradatsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng yaxshi ijtimoiy videorolik” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda vazirlik tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar-instituti hamda “Tuproq tarkibi va depozitariysi, sifati tahlili markazi” DUK laborant va tadqiqotchi xodimlari ishtirok etdi.
3 ta shart asosida tashkil etilgan tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, har bir ishtirokchining sohaviy, siyosiy-huquqiy bilimlari va savodxonlik darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblarga xorijda malaka oshirish uchun 2 haftalik kurslar tadqim etilishi rejalashtirilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: