Shaftoli – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi, mevali daraxt. O‘zbekistonda ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 3-o‘rinni egallaydi. Vatani Xitoy, O‘zbekistonga ham Xitoydan kirib kelgan. Shaftoli navlari ikki guruhga bo‘linadi: mevasi tukli va luchchak shaftoli.
Shaftoli danagidan va payvand qilib ko‘paytiriladi. Payvandtag sifatida oddiy shaftoli va boshqa turlari urug‘ ko‘chati, bodom, tog‘olcha, baʼzan o‘rikdan foydalaniladi.
Hosildorligi 200-400 s/ga. Ekilganidan keyin 2-3 yilda hosilga kiradi. 12-15 yil yaxshi hosil beradi. Daraxti 100 kggacha.
Shaftoli nisbatan issiqsevar, yorug‘sevar va -5-20 haroratli sovuqlarga chidaydi, -25 haroratda nobud bo‘ladi. Ayniqsa, gullagan paytida bahorgi qorasovuqlardan ko‘p zararlanadi.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida (shimoliy viloyatlarda kamroq) shaftolining 28 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan shaftoli mahsuloti Avstriya, Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Mongoliya, BAA, Ummon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: