Yurtimiz teatrlari har kuni san’at ixlosmandlari bilan gavjum, boisi bu dargohda sahnalashtirilgan har bir asar chinakam hayot maktabini aks ettiruvchi ko‘zgu.
Jumladan, kuni kecha Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining bir guruh xodimlari O‘zbek milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdi.
Aytish kerak, teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.
Shiddat bilan taraqqiy etayotgan texnika va innovatsiyalar zamonida istalgan kino, serial yoki spektaklni ijtimoiy tarmoqlar orqali topib tomosha qilish mumkindir. Ammo teatrga borib, sahna asari ruhini, unda mujassam gʻoyalar nafasini his qilib jonli tomosha qilishning zavqi ham, maʼnaviy foydasi ham oʻzgacha.
Zero, teatr – tarbiya maskani, manaviyat o‘chog‘idir.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: