Xabar berganimizdek, Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida bo‘lib o‘tayotgan “IranLab” – xalqaro laboratoriya materiallari va uskunalari 11-xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro ko‘rgazma doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida har ikki davlat uchun manfaatli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan vazirlik tizimidagi “Ma’muriy xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi direktori Sh.Sharifov Eron Islom Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Dr. Abbosiy bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligidagi delegatsiyaning 2023-yil 18-iyun sanasida Eron Islom Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida ikki davlat Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar va qo‘shma loyihalarning joriy holati yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, Eron Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi sanoatini rivojlantirish markazi, Qishloq xo‘jaligi uskunalari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari uyushmasi hamda Eronning Kombayn va traktorlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi rahbarlari bilan O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan texnika va uskunalarni yetkazib berish va kelgusida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
O‘zbekistonda zamonaviy issiqxonalar barpo etishni tashkil etish maqsadida Eronning Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Issiqxona quruvchilar uyushmasi va korxonalari vakillari bilan ham istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib, mamlakatimiz hududida Eron tajribasi asosida issiqxonalar barpo etish bo‘yicha takliflar bilan tanishib chiqildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: