O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan Toshkent davlat agrar universiteti faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugun Toshkent davlat agrar universitetining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” hamda “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn” fakultetlari o‘qituvchi va talabalari tomonidan universitet hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 30 tupdan ortiq manzarali ko‘chatlar ekildi.
Aytish kerak, daraxtlar sof havo, inson salomatligi uchun kerak bo‘lgan kislorod manbaidir. U nafaqat tabiat uchun ko‘rk, atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba, kislorod ta’minot zanjirining ajralmas qismidir.
Go‘zallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga g‘amxo‘rlik ajdodlarimizdan bizga meros. An’analarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi. Ota-bobolarimiz bir daraxt kessang o‘nni ek deb bekorga aytmagan. Yildan-yilga ekologik vaziyat taranglashib borayotgan, cho‘llanish va qurg‘oqchilik tobora avj olayotgan bir paytda har bir qarich yerga nihol ekish, uni parvarishlash orqali ekohalokatning oldini olish har birimizning burchimizdir.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: