Yerning sho‘rini yuvish orqali hosildorlikni oshirish qishloq xo‘jaligida o‘z isbotini topgan hayotiy haqiqatdir. Shuning uchun Buxoroda ushbu naqlga amal qilinadi. Joriy yil hosili uchun viloyatdagi agroklasterlar tomonidan 116 ming gektardan oshiq yer shudgor qilindi.
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Buxoro Agroklaster” paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan 11 ming 500 gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari sifatli bajarildi. Ayni paytda esa ekin yerlari meliorativ holatini yaxshilash, konturlar tuproq unumdorligini oshirish maqsadida “sho‘r yuvish” agrotexnik tadbiri jadal olib borilmoqda.
“Sho‘r yuvish” agrotexnik tadbirlarini barcha hududlardagi fermer xo‘jaliklarida tizimli tashkil etish, ularning suv iste’molini o‘rganish va talablariga mos “obi hayot” bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: