Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor Aziz Abduvasikov USAID dasturining “Agrobiznesni rivojlantirish” loyihasi xodimi Asror Nazirov ishtirokida AQShning Missuri shtatidagi ikkita qishloq xo‘jaligi stansiyasida bakalavr, magistr va doktorantlarni stajirovka qilish uchun o’tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bosqichda barcha ishtirokchilar yuqori darajadagi kasbiy va til ko‘nikmalarini namoyish etdilar. 20 nafar nomzod ishtirok etdigan ushbu tanlovning yakuniya natijalariga ko‘ra 10 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bu esa o‘z navbatida Toshkent davlat agrar universiteti talabalarining AQShda amaliyot o‘tashlari va malaka oshirishlari uchun berilgan imkoniyatlarning boshlanishi demakdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: