Yer – xazina. Uning har bir qarichidan samarali foydalanilsa, daromad shuncha oshadi. Bugun yurtimizda yer bilan tillashib, ro‘zg‘origa baraka kiritayotganlar talaygina.
Namangan viloyati Uychi tumanida istiqomat qiluvchi Marhabatxon Rahimova ham ana shundan insonlardan biri. Tomorqasining ikki sotixida issiqxona barpo qilgan bu tadbirkor bo‘sh qoldim deguncha kelinlari bilan tomorqaga shoshadi.
“Bir yilda bir emas, balki uch martagacha hosil olaman, daromad esa, kutganimizdan ham yaxshi bo‘lyapti, asosan, sarimsoqpiyoz, kartoshka va sar xil ko‘chatlar ekaman, ham oilamizga ham mahallaga sifatli mahsulot yetkazib berayotganimdan mamnunman, o‘tgan yili bir sotix maydondagi sarimsoqpiyozdan 12 million so‘mgacha daromad qildik, bu yil undan ham ko‘p daromad qilish niyatimiz bor” – deydi uning kelini Muhayyoxon Rahimova.
Zero, yerni eʼzozlash, har qarichidan unumli foydalanish orqaligina manfaatdorlikka erishish mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: