Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O’simliklar karantini va himoyasi agentligining bir guruh yoshlari hamda faxriylari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida muzey xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rivojlanishining o‘tmishi va buguni, buyuk sarkarda Amir Temur saltanati tarixi haqida hikoya qiluvchi «Temuriylar davri harbiy san’ati» hamda ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi «Mustaqil O‘zbekistonni qo‘riqlash» eksponatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Ekskursiya davomida Agentlik faxriy xodimi, Afg’on urushi qatnashchisi Zokir Abdullayev yoshlikning navqiron chog‘larini urush olovlarida, janggohlarda o‘tkazib, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda hamda mardlik namoyon etib jonini fido qilgan mard va jasur yurtdoshlarimiz jasorati haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Ekskursiya so‘nggida Qurolli Kuchlar davlat muzeyi tashqarisida bunyod etilgan “Vatanga qasamyod” monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: