Begona o‘tlar g‘allaga berilgan mineral ozuqaning 65-70 foizi va suvning 55-60 foizini o‘zlashtirishi hisobiga g‘alla hosildorligi bilan birga don sifatini keskin pasayib ketishiga olib keladi. Begona o‘tlarga qarshi g‘allaning tuplash fazasida gerbitsidlarni to‘g‘ri qo‘llash yuqori hosil garovi hisoblanadi.
Shuning uchun, gerbitsidlarni havo harorati +15 +20 C bo‘lganda, tuproq namligi esa 50-60 foizni tashkil qilganda qo‘llash eng qulay davr hisoblanadi.
– bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi gektariga gerbitsidlar “Vinstar” 75% s.d.g. 15-20 gr, “Tayfun” 75% q.o.sus 20 gr, “Granstar Pro” 75% q.o.sus. 15-20 gr, “Entostar” 75% s.d.g. 15-20 gr;
– bir yillik boshoqli begona o‘tlarga qarshi “Atlantis” 3,6% s.d.g. 0,25-0,3 kg, “Gramin” 8% em.k 0,3-0,4 kg, “Klodi Star” 24% n.kuk 0,15 kg, “Starlantis” 3,6% s.e.g. 0,3 kg;
– ko‘p yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi “Entostar plyus” 75% s.e.g 30 g, “Azanstar plyus” 75% s.d.g. 30 gr me’yorida kuzgi bug‘doyning tuplash davrida purkalganda yuqori samaradorlikka erishiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: