Bilamizki, qishloq xo‘jaligida sifatli va kasalliklarga chidamli urug‘lar, ko‘chatlarga doimo ehtiyoj katta. Shu jihatdan dehqon va fermer xo‘jaliklariga har jihatdan talabga javob bera oluvchi ko‘chatlar, urug‘lar, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish dolzarb masala.
Qashqadaryolik mirishkorlarimiz uchun yaxshi yangilik. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashabbusi bilan Nishon tumanida mevali va tok ko‘chatlari do‘koni tashkil qilinmoqda.
Hozirda do‘konda 3000 dan ortiq turli nav olma ko‘chati, 2000 ta husayni uzum ko‘chati savdosi yo‘lga qo‘yilgan.
Agentlik mutasaddilarining ma’lumot berishicha, do‘kon sifatli meva ko‘chatlari, uzumning boshqa navlari ko‘chatlari bilan yanada kengaytirib boriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: