O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi doirasida ham muhim uchrashuvlar amalga oshirilayotgani bunga misol bo‘la oladi. Bugun, Shinjin shahrida tashkil etilayotgan O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumi oldidan hamkorlik uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda. Dastlabki uchrashuv aynan agrar tarmoq vakillari o‘rtasida tashkil etildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning “Wilmar International” tashkiloti vakillari bilan uchrashdi.
Unda, ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, shuningdek, hamkorlikda avval amalga oshirilgan loyihalar kelishuvlarni yanada jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda erishilgan yutuqlarga qaramay, amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun hali ham keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlab o‘tildi.
Aytish kerak, “Wilmar International” kompaniyasi Osiyodagi yetakchi agrosanoat korporatsiyasi hisoblanadi. Operatsion nuqtayi nazardan, kompaniya butun qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini qamrab oluvchi integratsiyalashgan agrobiznes modeli sifatida kuchli mavqega ega.
Vazir o‘z navbatida, Xitoy Xalq Respublikasi bilan bir necha yil avval qishloq xo‘jaligi sohasida donorlik tizimini yo‘lga qo‘yilgani, bugungi hamkorlik uchrashuvi esa, kelgusida amalga oshiriladigan faol islohotlar, qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish, agro-oziq-ovqat tizimini transformatsiya qilish uchun muhim ekanini qayd etdi.
Shuningdek, suhbat davomida agrar sohadagi hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: