Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentlik xodimlari Texas shtati o‘simliklar karantini xizmatida ham bo‘lib, paxta yetishtirish amaliyoti bilan tanishdilar. Ma’lumki, AQSHda yetishtiriladigan paxta mahsulotining katta hajmi aynan shu shtat hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu nuqtayi nazardan Texas g‘o‘za hasharotlariga qarshi kurash tizimi bo‘yicha katta tajribaga ega. Shuningdek, uchrashuv davomida urug‘larni tekshirish, umuman chegara maskanlarida karantin nazoratini olib borish tartibi haqida ma’lumot berildi. Fitosanitar sertifikat rasmiylashtiruvi tartibiga ham e’tibor qaratildi.
Yana bir muhim jihat – o‘simlik mahsulotlarining fumigatsiyasi. Bu jarayonda bugungi kunda AQSHda qo‘llanilayotgan tajriba, foydalaniladigan samarali preparatlar, ishlatilishi taqiqlangan vositalar xususida fikr almashildi. Shu bilan birga radiatsiya orqali zararsizlantirish uslubi tushuntirildi. Qo‘shma shtatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport jarayoni ham o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, Amerikada yetishtirilgan har bir o‘simlik mahsulotining eksportga doir alohida dasturi ishlab chiqilgan. Bu esa jahon bozoriga meva-sabzavot chiqarish bosqichlarini ancha soddalashtiradi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: