Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Indorama Agro” MChJ vakillari bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-391-son qarori ijrosi yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi.
Qolaversa, paxtachilikda zamonaviy samarador agrotexnologiyalarni qo‘llash va urug‘chilik tizimiga erkin bozor mexanizmlarini joriy etish orqali hosildorlikni keskin oshirish, paxta xomashyosini yetishtirishda ilmiy-innovatsion yondashuvlarni qo‘llashni kengaytirish maqsadida xorijdan hosildorligi yuqori bo‘lgan chigitlik urug‘ini olib kelish masalasi muhokama markazida bo‘ldi.
“Indorama Agro” MСhJ joriy yilda tajriba-sinov tariqasida 2 ming gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishini ma’lum qildi.
Vazir o‘z navbatida kompaniya rivoji uchun vazirlik tomonidan vakolat doirasida ko‘mak berilishi, shuningdek, hosildorlikni oshirish maqsadida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida o‘z taklif mulohazalarini bildirdi va bu boradagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: