O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.
Buning natijasi o‘laroq, joriy yilning 23-25-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida muhim hamkorlik loyihalari, jumladan “Xinjiang Lihua Group” kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuviga erishilgan edi.
Kelishuv shartlariga ko‘ra Xitoy tajribasi asosida Toshkent viloyati hududidan kompaniya filialini ochish uchun qishloq xo‘jaligi yerlaridan ajratish ko‘zda tutilgan.
Chunonchi kuni kecha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchi guruh vakillari hamda Xitoyning “Xinjiang Lihua Group” kompaniyasi vakillari Toshkent viloyatida paxta-to‘qimachilik va urug‘chilik klasterini tashkil etish maqsadida viloyatning Oqqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
Oqqo‘rg‘on tumani hokim T.Bobolov tomonidan Oqqo‘rg‘on tumani yer, tuproq va iqlim sharoitlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokim Z.Mirzayev tomonidan Toshkent viloyatining paxta yetishtirish va uni qayta ishlash, bu boradagi ilmiy salohiyat va kadrlar, investorlarga yaratilgan qulayliklar yuzasidan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.
Aytish kerak, Xitoyning olib borayotgan siyosati O‘zbekiston siyosati bilan hamohangligi hamda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston o‘zining ishonchli hamkor ekanini har on va har yerda isbotlab turibdi. Bu yurtimizga berilayotgan haqqoniy baho. Buni xitoyliklar yaxshi bilishadi. Biznes foyda ustiga quriladi. Bugungi hamkorlar ham nafaqat foyda, balki har tomonlama suyansa bo‘ladigan chin hamkor topganlaridan mamnun. Chin so‘zi, ham qiyosiy ham ishbilarmonlik lug‘atidagi asosiy manba bo‘lib xizmat qilishga ishonishlari esa quvonarli hol.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: